Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qirolicha - Soundterck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduzlar o`rtasida bir libos mashmashasi yoxud kutilmagan vaziyatlardan qanday chiqasiz?




Deylik, biror tadbirga otlanayapsiz. Aksiga olib, dizayner mo`ljallagan libosingizni ko`nglingizdagidek tayyorlamagan. Tantana boshlanishiga esa atigi 1 soatgina vaqt qolgan. Xo`sh, qanday yo`l tutasiz?  

Ushbu savolga san`atkor ayollarimizdan javob olib, ularning kutilmagan vaziyatlarda qanday yo`l tutishlarini ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan tahlil qilamiz. 

«Do`konga chopaman»
Dildora NIYoZOVA, xonanda: — Albatta, oyog`imni qo`lga olib, eng yaqin liboslar do`koniga chopaman. Shu yo`l bilan vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilaman. Aytilgan joyga bormaslik mening odatlarimga to`g`ri kelmaydi, axir.

Ruhshunos fikri: — Og`ir, vazmin xushovoz xonandamizning tanlovi ortiqcha his-hajonga berilmasligidan dalolat beradi. O`z tamoyillariga sodiq kishilar toifasidan bo`lib, biroz tavakkalchiligi ham bor. Chunki 1 soat ichida istalgan libosni topmasligining ehtimoli borligini bilsa-da, ushbu chorani qo`llab ko`radi. 

«Injiqlik qilmayman»
DILSO`Z, xonanda: — Shu ham muammomi? Bor libosimni kiyib ketaveraman. O`tgan gal ham shu ko`ylakda borgandim deb, injiqlik qilmayman. 

Ruhshunos fikri: — Dilso`zni haqiqiy optimistlar safiga bemalol qo`shish mumkin. U chumolidan fil yasamaydiganlardan. Va boshqalarning fikri bilan hisoblashib, o`z imkoniyatlarini qo`ldan chiqarmaydigan ayoldir. Bu kareera qilaman degan kishi uchun juda muhim xislat. 

«Zaxiram bor!»
Madina MUMTOZ, aktrisa: — Biroz asabiylashaman. Biroq chora topish uchun «Madina, tinchlan, hammasi yaxshi bo`ladi, libos topiladi», deb o`zimga takrorlayman. Bunaqa holatga tushaverib, tajribam oshib qolgani uchun zaxiramda doim ko`ylaklar bo`ladi. Agar ular ham to`g`ri kelmasa, biror do`konga otlanishim mumkin. Mayli, 5-10 daqiqa kechiksam ham, o`zimga yoqqan libosda tantanaga borishni afzal ko`raman. 

Ruhshunos fikri: — Biroz ta`sirchan va kutilmagan vaziyatlardan xavfsiraydiganlar hammasini oldindan ko`z ostiga olib qo`yishadi. Ularning bir emas, bir necha yo`llari bo`ladi. Buning ustiga, Madina Mumtozdek yo`l tutadiganlar o`z istaklariga qarshi chiqishmaydi. Va istaganiga erishish uchun qayta-qayta urinib ko`rishga erinishmaydi.  

«Taqdirga tan beraman, ammo...»
Sevara SOLIEVA, aktrisa: — Avvalo, shu dizayner bilan ikkinchi marta ishlamaslikka qaror qilaman. Ammo bir soatgina vaqtim bo`lsa, nailoj, uning tikkan libosini kiyaman.

Ruhshunos fikri: — Sevara boshqalarga qaraganda ancha real va haqiqatni tan oladiganlar toifasiga kiradi. Va qat`iy qaror qabul qila oladi. Bir bor «og`zini kuydirgan» kishilarga qayta murojaat qilmaydi. Taqdirga tan berib, vaziyatdan to`g`ri xulosa chiqarishni biladi. Ya`ni bir qilgan xatosiga ikkinchi bor yo`l qo`ymaydi. 

«O`zim dizaynerga aylanaman!»
Shahlo AHMEDOVA, xonanda: —   Agar yangi libos sotib olishga ulgurmasam, demak, o`zim dizaynerlik qilishim kerak. Ya`ni biror libosimni kiyaman-da, uni aksessuarlar bilan boyitib, yangidek qilib kiyib ketaveraman.

Ruhshunos fikri: — Yosh xonandamizni juda tadbirkor optimist deya ta`riflasak, mubolag`a bo`lmas. Chunki u vaqt va imkoniyatlarini to`g`ri baholay oladi. Shu bilan birga, yangilik yaratishga ham usta. Biror muammoga duch kelsa, uni hal qilish qo`lidan kelishiga ishonadi. Agar siz ham eski libosingizni yangidek ko`rinishga keltirish taraddudiga tushadiganlardan bo`lsangiz, demak, jindek makr va mahorat bilan boshqalarni lol qoldirishga qodirsiz.

«Men uchun tadbir muhim!»
Muqaddas SA`DULLAEVA, aktrisa: — Bu hol kayfiyatimga salbiy ta`sir o`tkazmasdan qolmaydi. Ammo buni boshqalarga sezdirmaslikka harakat qilaman. Chunki ularning kayfiyatini ham tushirishni istamayman. Qolaversa, men uchun kiyim emas, tadbir muhim! Shu sababdan ham garderobimdagi o`zimga juda yoqqan libosni kiyib, tantanaga yo`l olaman. 

Ruhshunos fikri: — Muqaddasning o`z kayfiyati boshqalarning ham tantanovar ruhiga ta`sir qilmasligini o`ylashi yaxshi. Muammolardan avvaliga tushkunlikka tushib qoladi-yu, biroq o`zida bor imkoniyatlar uchun shukr qilishni biladi.  

So`rovnomamizda ishtirok etganlarning birortasi umuman tadbirga bormaslik yo`lini tanlashmadi. Agar siz shu yo`lni tanlasangiz, demak, pessimistsiz. Bahona topib, aybni kimgadir ag`darib, kichik muammodan ham butun dunyo ko`zingizga tor ko`rinib, imkoniyatlarni qo`ldan chiqarasiz. Yo`q, bundaylar safini tark eting. Qarang, ijodkor ayollarimizning hammasi kutilmagan vaziyatlarda tushkunlikka tushmaydiganlardan. Ular nima qilib bo`lsa ham, vaziyatdan chiqishga harakat etishadi. Omadlarining siri ham shu bo`lsa, ajabmas!

MUXLISA tayyorladi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6085 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aktrisa, Shou-biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное