Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yuz yog‘li bo‘lsa qanday chora qo‘llash mumkin?

Agar yuzingiz juda yog‘li bo‘lsa, bu holat ham sizning chiroyingizga, ham ruhiy holatingizga ta’sir etishi mumkin. Yog‘li yuzning ajralib turadigan jihati unda yog‘ bezlarining o‘ta faol ishlashidir. Albatta, unga tashqi va ichki omillar ta’sir etadi. Yuqori darajadagi yog‘lilik ko‘pincha gormonal o‘zgarishlar tufayli vujuga keladi. Ayniqsa, yog‘ bezlari erkaklardagi jinsiy gormonlarga juda sezuvchan bo‘ladi. Shuningdek, quyidagi holatlarda bu holat kuzatiladi:

O‘smirlik davrida: O‘sish davrida inson organizmida gormonlar faoliyati keskin o‘zgarib, hatto, oddiy yuzda ham yog‘lanish kuchayganligi namoyon bo‘ladi. Yog‘li yuz esa o‘z-o‘zidan keskin yog‘lanib, ulg‘ayish yoshidagilarda akne paydo bo‘lishiga olib keladi.

Turli davriy o‘zgarishlar paytida: Ayollarda hayz davrida yog‘ bezlari faollashadi. Yog‘li teriga ega bo‘lgan odam bu davrda ko‘p aziyat chekishi mumkin.

Yog‘li yuz muammoli fazaga o‘tmasligi uchun unga alohida e’tibor berishi kerak. Teri yog‘ining ko‘p ishlab chiqarilishi va epidermisning shoxli qavati qalinlashuvi yog‘ tiqinlari, komedon va aknelarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Yog‘li yuzning holati ko‘pgina omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

Yil fasllariga qarab

Yoz yuz holati uchun eng noqulay payt. Havoning issiq bo‘lishi tiqinlar kengayishi va teri yog‘i ajralishiga turtki beradi va bu yuzda yangi komedon husnbuzarlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, sovuq havo yog‘li yuz qulaydir va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Yuzni keskin tozalash

Tarkibida yuqori konsentratsiyali spirt bo‘lgan yuzni tozalash vositalaridan foydalanish hattoki eng yog‘li terini ham haddan oshiq quritib yuborishi mumkin. Natijada, gidrolipid to‘sig‘ini tiklash maqsadida yuz terisi yanada ko‘proq yog‘ ishlab chiqaradi.

Noto‘g‘ri parvarishlash

Kishining yoshiga va terisi talablariga to‘g‘ri kelmaydigan vositalardan foydalanish (masalan, og‘ir yog‘li krem) teriga maqul tushmaydi. Bu terida keyinchalik yog‘li yarqirash, tiqinlar va komedonlar vujudga kelishiga olib keladi.

Stress

Asab tolalarini asramaslik, kechalari yetarlicha uxlamaslik tashqi ko‘rinishga ta’sir etadi. Bu esa o‘z navbatida stress holatini keltirib chiqaradi. Stress ko‘pincha yuz terisida yog‘ ishlab chiqarishni oshiradi va yuzda hunuk belgilar paydo bo‘ladi.

Yuqoridagi vaziyatlarga yechim sifatida Biokonning yog‘li yuzga qarshi emulsiyasini taklif etamiz.

Yog‘li teriga qarshi emulsiya Biokon kumush ionlarni o‘z ichiga oladi.

Kun davomida amal qiladi. Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida yog‘ bezlarining yuqori faolligidan kelib chiqadigan terining yallig‘lanishini kamaytiradi.



Manba:daryo.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5416 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qanday, yog‘li bo‘lsa, yuz, chora qo‘llash mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное