Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yuzdagi dog‘ xastalik belgisimi?

“Buyragim shamollab qolganidan keyin yuzimga dog‘ tushdi. O‘ng taraf yonoqdan bo‘yinga qarab yo‘nalgan, och jigarrang. Pardoz qilsam ham bilinib qolayapti. Kosmetologik muolajalarni oldim, ammo foyda qilmadi. Eshitishimcha, yuzdagi dog‘ ichki xastalik sabab yuzaga kelishi ham mumkin ekan. Shu rostmi? Dog‘ni ketkizsa bo‘ladimi?”
Komila, Toshkent viloyati
 — Yuz tuzilish, holati va ko‘rinishiga qarab tashxis qo‘yish tibbiyotda ommalashgan usullardan biri. Zero, yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi. Jumladan:
Gormonal balans muvozanati o‘zgarishi (ko‘pincha xomilador ayollarda, yuz, bo‘yin va qorin sohasiga dog‘ tushishi bilan kuzatiladi);
Peshob ajratish yo‘li hamda jigardagi o‘zgarishlardagi teri pigmentatsiyasi (qo‘l kafti yuzasidagi mayda dog‘lar, yuz  yonoqlariga yoyilgani);
Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, siydik qopi yallig‘lanishi, avitaminoz ham dog‘ yuzaga keltirishi mumkin. (Peshona ikki chakkasi, qo‘l kafti yoki oyoqdagi dog‘);
Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan  yuzda dog‘ paydo bo‘lishiga olib keladi. (Yonoq, burun atrofidagi dog‘, kurakdagi mayda sepkil);
Stress va asabiylik. Ma’lumotlarga ko‘ra asabiy kishilarda dog‘ paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. (Bo‘yin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dog‘lar);
Tashqi  muhit ta’siri, ish faoliyati  kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lsa, noto‘g‘ri tanlangan pardoz vositalari, o‘rinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dog‘ tushishiga olib keladi.
TURLARI
Tibbiyotda dog‘larning bir necha  turlari tasnif qilinadi. Xususan:
Xloazma – och jigarrang dog‘. Yuzasi silliq va aniq chegaralangan bo‘lib, asosan son, qorin va yuzda paydo bo‘ladi. Xomiladorlik, jigar kasalliklari, uzoq vaqt kontraseptik vositalardan foydalanish ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Disxoromiya – yoyilgan ko‘rinishdagi dog‘ bo‘lib, peshona va yonoqlarda uchraydi. Lab atrofidagi xloazma esa simmetrik o‘lchamga ega bo‘lib, davolanilmagan taqdirda daxan va burun atrofiga ham tarqalishi mumkin.
Lentigo – dumaloq ko‘rinishdagi, sarg‘ish-jigarrang dog‘. U o‘smirlik,   keksalik va quyosh nuri ta’sirida yuzaga keladigan turlarga bo‘linadi. Ko‘pincha bo‘yin sohasida kuzatiladi, uzunligi 15 mm.
KO‘ZGUGA BOQING
Ko‘zgu qarshisiga turib, yuzingizga diqqat qiling: rangi tiniqmi, husnbuzar yoki toshma bo‘lsa, kattaligi, holati va miqdori qancha? Dog‘ni ko‘rsangiz  uning o‘lchami va yuzning qaysi qismidan joylashganiga qarang. Ishonish qiyin, shunday bo‘lsa-da,  yuzning har bir qismi ichki a’zolarning u yoki bu turi bilan bog‘liq bo‘lib, undagi o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Masalan, oshqozon-ichaklarda muammo bo‘lsa, yuz yonoqlarining  o‘rta qismida xusnbuzar paydo bo‘ladi. Bezovtalik surunkali tus olib, xastalikka aylansa, dog‘ paydo bo‘lishi ham mumkin.
QANDAY BO‘LADI?
Qo‘l kaftidagi dog‘lar bittadan bir nechtagacha paydo bo‘lishi mumkin. Kurak yoki bo‘yindagisi esa dumaloq, cho‘zinchoq yoki yoyilgan ko‘rinishda uchraydi. Oyoqda hosil bo‘ladigan dog‘lar asosan, tizza atrofi, oyoq kafti yuzasi yoki boldirda uchrashi mumkin.  Ortiqcha bezovtalik bo‘lmagani bois dog‘ bor-yo‘qligi bilinmaydi. Faqat tashqi taraflama yoqimsiz ko‘rinadi. Ammo teri kasalliklari sabab yuzaga kelgan dog‘da qichishish yoki boshqa bezovtaliklar ham bo‘lishi  mumkin.
NIMA QILASIZ?
Yuz yoki tananing boshqa qismlarida dog‘ga ko‘zingiz tushgan zahoti uning o‘lchamini eslab qoling. Keyingi kunlarda esa kattalashishi, kengayishi, shakl olishi yoki ko‘payishi kabi holatlarni kuzating. Agar dog‘ ko‘paysa yoki kattalashib borsa, albatta mutaxassisga uchrang.
DAVOLASA BO‘LADIMI?
Hozirda dog‘larni ketkazish uchun mo‘ljallangan turli vositalar talaygina. Ammo muammoning asl sababini bilmay turib, faqat tashqi taraflama davolash foyda bermaydi. Kosmetolog yoki  dermatologga murojaat  qilishdan avval terapevt  ko‘rigidan o‘tib, jigar, buyrak, yurak, umuman ichki a’zolar faoliyatiga doir tahlillar bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Shunda, masalan, muammo buyrakda bo‘lsa, avval ushbu a’zodagi o‘zgarishlar davolanib, so‘ng dog‘ni ketgazish usullari ko‘rib chiqiladi.
QAYTALANSA-ChI?
Kerakli tahlillar o‘tkazilgach, aniqlangan ichki kasalliklar davolansa, dog‘ ko‘rinishida ham o‘zgarish bo‘ladi. Butkul yo‘qotish uchun esa mutaxassis nazoratida mezoterapiya, plazmoterapiya, ozonoterapiya, karboksiterapiya, piling va bugungi kunda samarali ta’sirga ega zamonaviy lazer nuri yordamida bajariladigan muolajalar o‘tkaziladi. Har bir organizm o‘ziga xos bo‘lgani bois muolaja ham individual tarzda tanlanishi mumkin. To‘g‘ri, ma’lum  muolajalardan  keyin dog‘ asta-sekin ketadi va teri rangi me’yorlashadi. Biroq ichki kasalliklar yana avj olsa yoki surunkali tusga o‘tsa, dog‘ paydo bo‘lmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
UYDA DAVOLAMANG!
Yuz  qismlarida yoki tananing boshqa sohalarida yuzaga kelgan dog‘larni qo‘l bilan yoki boshqa pardoz vositalari bilan tirnash, qirish yoki qonatish mumkin emas! Dori vositalari surtish, malham yoki bug‘da tozalash ham ma’n etiladi. Bu bilan dog‘ o‘rni yanada kattalashib, keyinchalik shu holicha qolib ketishi ham mumkin. Yuzasiga jarohat yetsa yoki nojo‘ya ta’sir ko‘rsatilsa, jiddiy asoratlarga olib keladi.
YoDDA TUTING!
Dog‘larni davolashda qanday muolaja tanlanmasin parhez tutilishi lozim. Ma’lum muddat achchiq, sho‘r, shirin mahsulotlarni chegaralab turgan ma’qul. Ko‘proq suyuqlik ichish, teri nafas olishi uchun yuvinish va kamroq kosmetik vositalardan foydalanish ayni muddao.
Mavzu yuzasidan oliy toifali shifokor, dermato-venerolog Rustam Zokirov tavsiyalari asosida tayyorlandi


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 36460 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xastalik, Yuzdagi dog‘
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Assalomaleykum meni yuzimda doglar bor kuzimnig ostida ikkala tomonidaham suni kanday yokotsa boladi ugil bolaman terim yoglik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное