Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

«Zamon» «Avatar» qiyofasiga kirdi?!

Yillar davomida o'z yo'nalishini izlagan Shohruh Jo'raev boshchiligidagi "Zamon" guruhi mana va nihoyat o'z izlagan stilini topdi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, "Zamon" guruhining so'nggi ijodiy namunalari avvalgilaridan tubdan farq qiladi va saviya jihatidan ham bir qancha o'sgan. Eng qizig'i, bugun siz "Zamon" guruhini "Avatar" qiyofasida ko'rishingiz mumkin!!! Ha, "Zamon"chilar zamon bilan hamnafas holda yangi fotojamlanma uchun fotosuratlarga tushishdi. Bugun ushbu fotojamlanma ham tayyor bo'lgan bo'lib, undagi fotosuratlar orasida guruh a'zolarining bir fotosuratini "Avatar" filmi posteri singari montaj qilinganini ko'rishingiz mumkin. Bu fotojamlanmada nafaqat "Avatar" qiyofasini, balki turli Gollivud filmlariga xos fotosuratlarni ham ko'rishingiz mumkin. Bu kabi fotojamlanma menimcha bugungi kunga qadar hech bir shou-biznes vakilida kuzatilmagan edi. Eksklyuziv fotosuratlarni esa ilk bor aynan SB.uz portalida tomosha qilishingiz mumkin. Ha aytgancha, "Zamon" guruhi hozirda Jasur Badalboev bilan studiyada yangi qo'shiq yozish ishlari bilan ovora. Yangi qo'shiq "Kechagi kun" deb nomlanadi. Guruh a'zolari o'tgan kunlarini yodga olayaptilarmi, demak bu yaxshilikka! O'tmishni unutmasdan faqat oldinga intilavering, "Zamon"chilar!!!





Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3093 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zamon guruhi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
yason4000 kim bular dry
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное