Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Zamonaviy sovchilar 3»: 17-yanvarda premyera!!!

O’zbekona yumorga boy filmlari bilan hammani ko’ngliga yo’l topa olayotgan rejissor Javlon Shodmonovdan yana bir yangi kinokomediya tayyor bo’ldi. Avval xabar berganimizdek, Javlon Shodmonov «Zamonaviy sovchilar» filmining navbatdagi qismini ham suratga tushirdi.

«Zamonaviy sovchilar» filmining ilk qismi katta ekranlarga chiqqanda tomoshabinlar juda ham yaxshi qarshi olishgan edi. Mazkur filmning ikkinchi qismi esa nazarimda birinchisidanda qiziqarliroq suratga olingan. Xo’sh, kinoijodkorlarning navbatdagi urunishida endi «Zamonaviy sovchilar 3″ filmi qanday chiqdi ekan? Bu savolga javob topishimizga juda ham oz qoldi. «Zamonaviy sovchilar 3″ kinokomediyasida endi Shavkatboyga sovchilikka yurilar ekan? Bunisiga nima deysiz endi? Qiziq-a? Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulhayirov o’ziga yuklatilgan rolni juda qoyilmaqom tarzda ijro etishini yaxshi bilamiz. Ushbu filmda ham Muhammadisoning aktyorlik qobiliyatini yana bir bor baholashimiz mumkin bo’ladi. Demak, 17-yanvar kuni «Zamonaviy sovchilar 3″ filmining prem’erasi bo’lib o’tadi. 18-yanvardan esa Toshkent shahrining barcha kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi. Albatta tomosha qiling!!!



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7267 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Zamonaviy sovchilar 3
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
asal9632 Yahshi omad.iwqilib bachkana bömasa böldi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное