Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Zarina Nizamutdinova: “Yigirma yildan keyin sal qarisam kerak”


Zarina "Yo‘l bo‘lsin”, "Qorako‘z”, "Senga muhtojman”, "Oqibat”, "Men yulduzman”, "Aldangan ko‘ngil”, "Parizod” va boshqa bir qancha filmlardagi ijorlari bilan muxlislar qalbidan o‘rin egallagan. Ayniqsa, uning "Parizod” filmidagi ta’sirli ijrosini alohida ta’kidlash lozim.

 

Ijodga aloqador savollar:

-Siz nima sababdan aynan san’at yo‘nalishini tanlagansiz?

-Dadam Shahboz Nizamutdinov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. Shuning uchun, yoshligimizdan qo‘shiq aytib katta bo‘lganmiz. To‘rt yoshimda O‘zbekistonga atalgan qo‘shiqni oilaviy kuylaganmiz. Yetti yoshimda "Nasiba” qo‘shig‘ini ijro etganman, u "Yulduzcha” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. "Uspenskiy” nomidagi musiqa maktabida o‘qiganman, keyin xoreografiya bilim yurtiga o‘qishga kirganman. Xullas, hammasi san’at bilan bog‘liq.

 

-Sizga salbiy rollarni ijro etish bo‘yicha takliflar tushganmi?

-Salbiy rol ijro etish takliflari juda ham kam tushadi. Salbiy rollarga ko‘pincha rad javobini beraman. Bizda men xohlagandek salbiy rol hali yozilmagan. Ammo, Said Muxtorovning hali katta ekranlarga chiqmagan "Girdob” nomli filmida salbiy rolni ijro etganman.

 

-Sizni san’atga boshlagan birinchi ustozingiz kim?

-Dadam.

 

-Sizni "Men yulduzman” filmidagi qahramoningizning xarakteri o‘zingizga ma’lum, siz hayotda ham shu roldagi qizga o‘xshaysizmi?

-Ha o‘xshash. Xuddi mendek sho‘x-shaddod qiz.

 

- Qorako‘z” filmida qahramoningiz suvga sakragan. Siz o‘zingizni qanaqa his qilgansiz? Suzishni bilasizmi?

- Suzishni bilaman, lekin oqar suvda suzishni bilmayman. O‘sha sahna suratga olinayotganda shamollagan edim, shu sababli sovuq suvga sakrash va qo‘rquv ancha qiyinchilik tug‘dirgan.

 

-"Parizod” filmidagi ijroingiz juda yoqdi. Bo‘larkan-ku mingta so‘z o‘rniga ko‘zlar bilan ham rol o‘ynasa. Bu rolni ijro etish davomida nimalarni his qildingiz?

-Bu mening eng sevimli filmlarimdan bittasi. Bu film diskini istalgan odamga faxrlanib sovg‘a qila olaman.

 

-Kinodagi Zarina bilan haqiqiy hayotdagi Zarina nimasi bilan farq qiladi?

-Filmlarimda har xil xarakterli rollarni ijro etaman. Masalan, shaddod qizni, hatto erkak rolini ham ijro etganman. Hayotda esa sho‘x-shaddod Zarinaman.

 

-Idealimdagi partnyor, deb qaysi aktyorni ayta olasiz?

-Idealdagi deb ayta olmayman, chunki har bir aktyorning o‘ziga yarasha mahorati bor. Lekin, debyutant aktyorlar bilan ishlash qiyinroq. Tomoshabinlarga esa Umid Iskandarov bilan birga ijro etgan rollarimiz ko‘proq yoqadi.

 

-Agar sizga xonandalik va aktrisalikdan bittasini tanlang, deyishganida qay birini tanlagan bo‘lar edingiz?

- Bu savolni noto‘g‘ri deb bilaman, chunki ikkalasi ham bir-biriga yaqin soha. Ikkalasini ham birdek a’lo darajada olib borish mumkin, deb o‘ylayman.

 

Shaxsiy savollar:

-Zarinaning bolalikdagi orzulari qanaqa bo‘lgan?

-Bolalikdagi orzuyim model bo‘lish bo‘lgan. Faqat, fotomodel bo‘lib ishlaganman. Yana bir orzuyim esa turmushga chiqib, bolali bo‘lib, uyda o‘tirish edi. (Kulib yubordi)

-Sizning eng yoqtirgan filmlaringiz qaysilar?

-Yoshligimda "Titanik”, "Zorro” filmlarini yoqtirar edim. Yaqinda olingan "Avatar” filmidek filmda rol ijro etish esa orzuyim bo‘lib qoldi. "Avatar” – yuragimdan joy olgan film.

 

-Siz o‘zingizni 20 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?

-Xuddi hozirgidek (kuladi). Yigirma yildan keyin sal qarisam kerak.

 

-Lola va atirgul. Siz o‘zingizni qaysi biriga qiyoslaysiz, izohlab bering?

-Atirgul bo‘lsa kerak.

 

-Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, siz yashash joyingizni o‘zgartiribsiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?

- Hech narsa sabab bo‘lmadi. Shunchaki, boshqa joyga ko‘chdik.

 

-Taqdir taqozo qilsa, qishloqda yashagan bo‘larmidingiz?

- Yo‘q. Nafaqat qishloqda, xorijda bo‘lsam ham Toshkent shahriga talpinaveraman.

 

-Dilingiz bilan tilingiz birmi? Ya’ni biror odam bilan suhbat qilayotib xayolingizda o‘ylaganingizni ochiq-oydin gapirasizmi yoki o‘ylab gapirasizmi?

- Ha, albatta, tilim bilan dilim bir.

 

-Agar sizga yana turmushga chiqishni taklif qilishsa, rozi bo‘larmidingiz?

-Albatta turmushga chiqaman. Aktrisa ham ayol. Turmushga chiqish, oilasi bo‘lishi har bir qizning orzusi.

 

Ko‘p sonli muxlislar tomonidan yuborilgan savol:

-Nega buncha go‘zalsiz?

-Chiroyli qizlar juda ko‘p (Kulib yubordi) men o‘zimni o‘ta chiroyli deb bilmayman.

 

-Yoqtirgan taomingiz?

-Xonim.

 

-Kiyinish uslubida yoqtirgan rangingiz?

-Qulayi qora.

 

-Qaysi mashina markasini yoqtirasiz?

- Yaxshi mashinalar yoqaveradi.

 

-Sevimli ashulangiz?

-Aynan bitta ashulani juda yoqadi, deb ayta olmayman. Tez-tez almashib turadi.

 

-Yoqtirgan shahringiz?

- Toshkent.



Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 9049 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Zarina Nizamutdinova, Exclusive Intervyu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
SHERDIL пишет: | 28.11.2013 | 11:40 #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует San hozir o'zingni yoshmandep o'ylayapsanmi!
Like | 0
dinuwim13 Ozi qarisan u xozram.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное