Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zarina Nizomiddinova: «Shahzoda Muhammedova meni to‘yiga taklif qilmadi»

“Ochiq suhbat” loyihasining Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan sonida aktrisa Zarina Nizomiddinova ishtirok etdi va ko‘plab savollarga javob berdi.

— «Zirapcha» realiti-shousi haqida so‘z ketarkan, siz kimni yutadi deb o‘ylagan edingiz va o‘sha o‘ylagan odamingiz g‘olib bo‘ldimi?
— Men Mohina g‘olib bo‘ladi deb o‘ylagandim. Chunki boshidan shu qizni kuzatgandim, ancha o‘zgargan edi. Lekin qolgan ikkala qizning ham yutishiga ko‘zim yetib turgandi. Men uchun ularning uchalasi ham g‘olib.

— Qizlar bilan birga ishlashda xarakter jihatidan eng qiynalganingiz kim bo‘ldi?
— Men loyihada boshqa o‘qituvchilarga o‘xshab qizlarning yonida ko‘p ishtirok eta olmadim. Mening vazifam qizlarning tashqi ko‘rinishi bilan shug‘ullanish bo‘ldi. Ba’zi paytlarda mening vaqtim bo‘lmaganligi uchun o‘zimning murabbiyimni chaqirishga majbur bo‘lganman. Shu sababli qizlar bilan yaqin tanishib ketishga ulgurmaganman. Lekin boshida ularni ko‘rganimda, hammasi menga odobli, chiroyli qizlar bo‘lib ko‘ringan. Bu qizlarning faqatgina o‘ziga ishonchi yo‘q edi. Bu loyiha esa qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib berdi. Chunki men odamning ichidagi zirapchasi uch oyda chiqib ketishiga ishonmayman. Hattoki menda ham juda ko‘p zirapchalar bor.

— Teleekran orqali ko‘pchilik ko‘rdi: Aziza ismli qiz bilan janjallashib ketgan edingiz, rostdan ham shunaqa janjal bo‘lganmidi?
— Darhaqiqat, shunaqa janjal bo‘ldi. Mening o‘zimga yarasha fe’l-atvorim bor. Men hech qachon birovga do‘q qilib dilini og‘ritmayman, lekin o‘zimga nisbatan hurmat talab qilaman. O‘sha vaqtda men unga: “Bunaqa ohangda gapirilmaydi”, dedim, u esa: “Qanaqa gapiriladi?” deb men bilan janjallashib ketdi. U qizning ichida men bitta narsa ko‘rdim, aslida, u yomon qiz emas. Uning ichida baribir qandaydir yaxshi inson yashaydi. Shunchaki uning tarbiyasi ba’zi sabablar tufayli buzilib qolgan va buni to‘g‘rilasa bo‘ladi.

— Loyihaning ikkinchi mavsumida ham ishtirok etasizmi?
— Afsuski, ishtirok etolmayman. Chunki bo‘sh vaqt masalasi menga ko‘p muammo bo‘lyapti.

— “Instagram” tarmog‘i bir kunda hayotingizning qancha vaqtini o‘g‘irlaydi?
— Judayam ko‘p. Oxirgi uch kunda “Instagram”dan boshimni ko‘tarmadim.

— Yaqindagina hamkasbingiz Shahzoda Muhammedovaning to‘yi bo‘ldi va bazmda ko‘plab san’atkorlarni ko‘rdik, lekin sizni ko‘rmadik. Nega?
— Shahzoda meni to‘yiga taklif qilmadi. Menga “Instagram”dan ham shu savolni yozishdi va men ularga ham shunday javob berdim. Balki meni to‘yida ko‘rgisi kelmagandir (kulib). Baribir o‘sha kuni men sport zalda edim. Men uchun mashg‘ulotlarim birinchi o‘rinda.



Manba:zamin.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16418 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova, Shahzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное