Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Tarona.net portali yanada ommalashishi uchun qanday yo'l tutgan ma'qul?
Barcha ovozlar: 4922
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qirolicha - Soundterck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - Soundtrack
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
Главная » Файлы » O'zbek estradasi yulduzlari / Звёзды узб эстрады » Ummon guruhi

UmmoN-Azob
Gapirma jim.
O`z ko`zlarim bilan ko`rdim,
Yo`limdan qoch.
Hammasidan to`yib ketdim.
Necha bora xiyonat,
Lekin kechiraverardim sevganim sabab.
Meni unut bugundan boshlab.

Ketaman, lekin nimadur mani ortimga tortar,
Lek ishonaman bir kun yurak uni unutar.
Xayotda xatoyim bo`ldi man sani uchratganim
Bundanam battari bo`ldi sani sevib qolganim.
Lekin to`lib bo`lgan sabr kosam,
Ketaman. Izlab yordam.
Yuragim to`xtab bo`lgan.
Qo`llarim ko`ksimga qo`ysam,
Olsam qo`llarim qon.
O`sha qonda ham seni visoling namoyon.

Endi yuragim urmasa kimga ham kerakman?
Yuragim san bilan qoldi sanga kerakmasman,
O`zi keragim bo`lganmi bu dunyoda bir zum?
Ayt hech bo`lmasa, sog`inganmiding mani bir kun?
Ko`zlarim xiralashdi, yuragim umuman yo`q.
Astalab kun botardi orqaga esa yo`l yo`q.
Ko`chada qish kunlari manga yomon sovuq.
Shunda ham sani esladim sanga qizig`i yo`q,
Sanga qizig`i bo`lmasa, kimga qizig`i bor?
Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
Sanam Mandan voz kechding endi manda hech kim yo`q.
Mani uyqum keladi lekin ko`chada sovuq,
Agar xozir uxlasam uyg`onmasligim tayin.
Ko`karib ketdi lablarim chiday olmadim,
Ko`zlarim yumildi.
Yaxlab qolgan kipriklarim bir –biriga ulandi,
Hammasi bugun tugadi.

Ko`zlarim ochilganda qandaydur xonadonda yotardim
Bir o`zim.
Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar,
Lekin mehrga to`la ko`zlar
Mani asrab qoldi 18 yoshli go`zal.
Oradan o`tardi kunlar
Lekin mani hamon qiynardi o`sha o`ylar,
Xatto begona insonchalik bo`lolmading menga
Shu begona insonlar malham bo`ldi dardimga.
18 yoshli qiz turg`izdi meni oyoqqa,
Agar shu qiz bo`lmaganda borardim qayoqqa?
Mehribon ekan, qutqardi mani o`limdan,
O`sha kuni baxt uchradi manzili yo`q yo`limdan,
Astalab sekin, unga tushdi ko`nglim
Unga Berdim mehrim.
Lek yuragim bera olmadim.
Chunki o`sha ayanchli kun, yurak qoldi senda
Azobu uqubatdan ortiq ne qoldi menda?
Lekin esingdan chiqarma bir kun kelib boraman!
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yo`q.
Manda ham moshina bor, kiyim-kechaklarim ko`p.
Axir senga yoqmasmidi kimda moshina bo`lsa,
Kimda kiyimlari ko`p, har kuni alishtirsa?..
O`sha payt man netay sharoitim bo`lmagan.
Axir sen emasmiding mani shu ko`yga solgan?
Bugun kun botib, sani oldinga boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Yaqinlashganim sari san tomonga
Ich – ichimdan to`lib ketdim negadur hayajonga
Eshik oldida turib ozgina shoshilmadim.
Avval uy atrofiga nazarimni tashladim.
Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan.
Bo`tta halovat tugab, yovuzlik hukm surgan.
O`ylanib ko`nglimda so`ngra bosdim tugmani,
U esa chiqib keldi, ko`zlarida yoshlari,
Yoshini ko`rib ichimdan suyunib ketdim…
Axir mani axvolimga u achinmagan edi.
O`ylab ko`rsam manga u yurakni keragi yo`q.
Manda boshqa yurak, manga o`sha yurak kerak.
Sanda Qolib ketganini esa o`zinga olib qo`y.
Unga sandan boshqa hech kim sig`maydi bilib qo`y
Keyin chiqib ketdim ortimni o`girib,
U esa ortimdan chiqdi, yalinib – yolvorib.
Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon.
Axir sani sevganimda ketding mani o`ldirib.

Gapirma jim.
O`z ko`zlarim bilan ko`rdim,
Yo`limdan qoch.
Hammasidan to`yib ketdim.
Necha bora xiyonat,
Lekin kechiraverardim sevganim sabab.
Meni unut bugundan boshlab.

Gapirma jimmmmm!!!!

Категория: Ummon guruhi | Жойлашган бўлим: Dj_MasteR
Просмотров: 6250 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 5.0/1
Реклама

Всего комментариев: 2
Sherzod_7474 UMMONga Gap yo'o'o' Diorga FAKY
Like | 0
аватар отсутствует applause atk omad ummonga umuman aytomadim kuwiliwib.barakalla
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное