| Nahot sen ishonsang shirin so'zlarga,  Nahot sen aldansang jodu ko'zlarga.  Nahot yo aylansa bahor kuzlarga,  Baht kulib boqarmi, jonim bizlarga.  
 Naqorat:  
 Izlay-izlay yulduzni,  Gul yagona yolg'izni.  Men baribir, sevgilim,  Toparman sen gulyuzni.  
 Seni men bahtimga yulduz deganman,  Gullardan chiroyli gulyuz deganman.  O'zgani demagin, kuydirma meni,  Ahir, faqat seni yolg'iz sevganman.  
 Naqorat:  
 Izlay-izlay yulduzni,  Gul yagona yolg'izni.  Men baribir, sevgilim,  Toparman sen gulyuzni.  
 Yomonlar yolg'oni aldaydi seni,  Hushomad zaboni maqtaydi seni.  Ishqingla yongan qalbimga ishon,  Ko'nglim tanhoginam ataydi seni.  
 Naqorat:  Izlay-izlay yulduzni,  Gul yagona yolg'izni.  Men baribir, sevgilim,  Toparman sen gulyuzni. |