G'animatdir har bir kunimiz Kimga tikon kimning gulimiz Barchamiz ham ollox qulimiz Diydor sönggi bölishi mumkin! Hayot berar kimgadir davron Umr ötar misli bir karvon Ertangi kun kim uchun armon Shu kun sönggi bölishi mumkin! Oshiq dilni tinglang dardlashing Fikr olib fikr almashing Sözlaridan töyib gaplashing Bu sönggi söz bölishi mumkin!
Insonni qadrlash shunchalar qiyinmi ? Yoki odam qadri bu dunyoda bir tiyinmi ? Qadring bilganlar qabrgacha borar ekan. Qadring bilmaganlar kunda joning olar ekan.
insonning yashagan xar bir kuni, xuddi ming yil yashagandek arzigulik bo'lishi kerak. Chunki umrning nixoyasida o'tgan vaqt, bir kunda o'tib ketgandek qadirsizlanishi mumkin ekan.
Xohlaganingizcha yashang likin bir kun vofod etas... Istagan kishingizni yaxshi kõring lekin bir kun kelib undan ajralasiz... Xohlagan ishingizni qilavering albata bir kun mukofat yoki jazo olas...!!!
Bu besh kunlik hayotda Ikki ko'zim hayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni Ko'rdim men Yengilib ba'zan yovsiz Qolib birov qarovsiz Hatto chog'siz olovsiz Yonganlarni Ko'rdim men Nohaqlarning yonini Bechoraning nonini Jon deb turib jonini Olganlarni Ko'rdim men Amal qilmay diniga Bir martamas kuniga Shaytonlarni diliga Solganlarni Ko'rdim men Begona bilan yotgan Balchiqqa dildan botgan Hatto badanin sotgan Arzonlarni Ko'rdim men O'zga yurtlarda yurgan Qaytib kelolmay turgan Peshonasiga urgan Sarsonlarni Ko'rdim men Har kuni ichib yurgan Ichib otasin urgan Ikki oyoqda yurgan Hayvonlarni Ko'rdim men Haqiqat so'z aytganda Qilganida attangda Bolasidan qaytganda Vayronlarni Ko'rdim men!
Kimdadur OTA yöq. Kimdadur ONA. Kimdadur OPA yöq. Kimdadur AKA. Kimdadur HECH kim yöq. Yawaydi tanho. "Bir Kam Dunyo Bu Armonli Dunyo" Kimdur Közi Ojiz. Körmoq Istaydi. Kimdur Oyogi Yöq. Yurmoq Istaydi. Kimdur Tirik Lekin. Murdadek Göyo. "Bir Kam Dunyo Bu Armonli Dunyo" Kimdadur ökinch bor lekin öksinmas. Xayotidan nolib aslo siqilmas. Chunki u biladi asli bu dunyo. "Bir Kam Dunyo Bu Armonli Dunyo".....