Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Merlin-Soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Efir Sirlari - Piano Version
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

10 ming so‘mlik banknotlar 10-martdan muomalaga chiqariladi



10-martdan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Markaziy bankda xabar berildi.


Yangi banknotlar, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan pul belgilari 144×78 mm o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston gerbi va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida «darcha» va 3D effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O‘zbekiston gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.




Naqshinkor ramkaning o‘ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek gerbning o‘ng tarafida “10000” raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi. Gerbning o‘ng tarafidagi “10000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO‘M” so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan.

Banknotning to‘q ko‘k rangli naqshinkor ramkasi, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, gerb, o‘ng va chap tomondagi “10000” raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan “10000” raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko‘rsatilgan.

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil: “2017” ko‘rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko‘k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo‘lib, pastki bezak ustida “10000” raqami aks ettirilgan.




Banknotning markazida Oliy Majlis Senati me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekistonning rangli bayrog‘i tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi “10000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida “10000” raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida “O‘N MING SO‘M” yozuvi aks ettirilgan.​​​​​​​

 


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6173 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston Markaziy banki, 10 ming
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное