Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

150 ming so'm uchun uyini fohishaxonaga aylantirgan “ona”


Ayollik sha'niga loy chaplayotgan bunday kimsalar haqida eshitsang, “Nahot farzandlarining ertasini o'ylamadi? Yoki ota-onasining, yaqinlarining yuzini yerga qaratishdan uyalmadi?” degan o'y keladi xayolingga. Ammo hayot sinovlaridan o'tolmagan bu kabi qo'shtirnoq ichidagi ojizalar doim onalik va ayollik nomiga dog' tushirishga qodir ekan…

Samira Mamatqulova (ism-shariflar o'zgartirilgan) hayotda yengil tabiatli ayollardan bo'lib chiqdi.

Yomon ayollarga qo'shildi, fohishalikni kasb qilib oldi. Dugonalari bilan tonggacha tungi klublarda sang'idi. Ikki farzandini ikki erkakdan orttirdi. Buyam yetmaganday keyingi paytda qo'shmachilik bilan shug'ullana boshladi.

Kuz kunlarining birida unga tanishi Dilnura qo'ng'iroq qildi.

— O'rtoqjon, yaxshimisan, ishlaring yaxshimi, mijozlaring yo'qlab turibdimi?

— Hmm… yaxshi, o'zing qalaysan?

— Shu desang bir «boyvuchcha»ni ilintirgandim, biron soatga uyingni berib tursang…

— Ha, shundaymi, baquvvatmi ishqilib?

— Borganda ko'rasan…

O'sha kuni kechki payt (2019 yil noyabr oyi) Dilnura «oshig'i» bilan Samiraning xonadoni eshigini qoqdi.

Samira ularga uyidan joy qilib berdi. Buning uchun Dilnuradan 150 ming so'm sanab oldi. Oshiqlar Samira ko'rsatgan xonaga kirib ketishdi…

Shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringladi.

«Kim bo'ldiykin, bemahalda?» — Samira borib eshikni ochdi.

— Ichki ishlar bo'limidanmiz, tezkor tadbir o'tkazyapmiz, — deya o'zini tanishtirdi kutilmagan mehmon.

Ular Samirani jinoyat ustida qo'lga tushirishdi. Olingan pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, sudga oshirildi.

Sudda S.Mamatqulova birinchi marta bunaqa ish qilganini, pul kerak bo'lgani uchun majbur bo'lganligini, boshqa bu hol takrorlanmasligini aytdi.

Sud S.Mamatqulova harakatlarini fohishaxona tashkil qilish va uni saqlashda ifodalangan qilmish deb O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topdi. Unga nisbatan 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

Ha, azizlar, jinoyatga jazo muqarrar. Ammo farzandlarda nima ayb? Ularning ertasi endi nima bo'ladi? Shu kabi savollar bizni o'ylantiradi, mushohada qilishga chorlaydi. Zero, hammasi boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Lekin…

Shohrux MIRZAAHMEDOV

Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudi sudyasi



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7232 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Fohishaxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное