Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 noyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqa miqdori 1,1 baravar oshirilishi to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qaror aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilmoqda.

2018 yilning 1 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi — oyiga 202 730 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilandi.

Belgilansinki, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffisientlarini o‘rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarni tanqidiy ko‘rib chiqsin va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5868 | Рейтинг: 0| Рейтинг: miqdori oshirildi, 1 noyabr, oylik, pensiya, stipendiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное