Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANLOVLAR

O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi Chevening stipendiya dasturi uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi


Ushbu stipendiyani bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega fuqarolar qo'lga kiritishlari mumkin. Agar sizda bunday imkoniyat bo'lsa, buni qo'ldan boy bermang. Hujjatlar 2017-yilning 7-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Chevening dasturi Buyuk Britaniyda bir yil magistratura dasturida o‘qish imkoniyatini beradi. Dastur kelajak liderlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nomzodlar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qib, o‘z sohalari bo‘yicha yetakchilarga aylanish uchun bilim va ko‘nikmalar olishadi.

O'qishga kirishni istaganlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • O‘zbekiston fuqarosi va dastur tugagandan so‘ng o‘z davlatiga qaytish niyatida bo‘lgan;
  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot bo’lishi ham mumkin);
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan – IELTS dan kamida 6.5 yoki TOEFL iBT dan kamdia 79 ballga ega;
  • Muqaddam Buyuk Britaniyada o‘qimagan yoki Buyuk Britaniya homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.

Grant miqdori:

Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar (kontrakt puli – tuition fee, oylik stipendiya, joylashish xarajatlari) dastur tomonidan to‘liq qoplanadi.

Kerakli hujjatlar va ularni topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin

Hujjat topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasida suhbatdan o‘tadi. Suhbatlar 2018-yilning 5-martidan 2-mayigacha  bo‘lib o‘tadi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2018-2019-o‘quv yilida o‘zlari tanlagan universitetda magistrlik bosqichida o‘qish imkonini qo‘lga kiritadi. O‘qish 2018-yilning kuzidan boshlanadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.



Категория: TANLOVLAR
Просмотров: 3636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Buyuk Britaniya, stipendiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное