Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 1 avgustdan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoev «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000 so‘m;

- yoshga doir pensiyalar – oyiga 436 150 so‘m;

- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5312 | Рейтинг: 0| Рейтинг: stipendiya, O‘zbekiston, ish haqi, pensiyalar oshiriladi, 1 avgust
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное