Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 yanvardan O‘zbekistonda alkogol narxi oshadi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 3 dekabrdagi qo‘shma qaror bilan 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining chakana va ulgurji narxlari oshiriladi.
Jumladan, yuqori quvvatga ega aroq va boshqa mahsulotlarning minimal ulgurji narxi 10.5 ming so‘m qilib belgilandi (ayni paytda 9 ming so‘m); chakana narx esa 12.6 ming so‘mni tashkil qiladi (bugungi narx – 10.9 ming so‘m).
Konyakning minimal ulgurji narxi 25.2 foizga oshib, bugungi 11.1 ming so‘mdan 13.9 ming so‘mga oshadi. Minimal chakana narx ham shunday proporsiyada oshib, 13.4 ming so‘mdan 16.7 ming so‘mga ko‘tariladi.
Vino narxi o‘rtacha 18 foizga ortib, minimal ulgurji narxi 3.8 ming so‘mdan 4.5 ming so‘mga, minimal chakana narxi esa 4.6 ming so‘mdan 5.4 ming so‘mga ko‘tariladi.
Pivo narxidagi o‘zgarishlar hozircha ko‘zda tutilmagan.
Ta’kidlanishicha, alkogol mahsulotlari minimal narxining oshirilishi bunday mahsulotlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4262 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: alkogol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Xudush_0115 Juda yomon b6bdi.
Like | 0
Azamat4846 Alkogolga mukkasidan ketganlaga foydasi yo narxini owrsayam babrbr olvuadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное