Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung Galaxy S6 smartfonlari 1 haftada 600 ming so‘mga arzonlashdi

O‘tgan haftada O‘zbekiston maishiy texnika bozorida paydo bo‘lgan Samsung Galaxy S 6 smartfoni bir haftada 600 ming so‘mga arzonlashdi.
Mobinfo.uz sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, bir hafta oldin ushbu flagman qurilmaning 32 gb xotirali varianti 3,2 mln so‘mdan sotuvga chiqarilgandi. Bugungi kunga kelib ushbu qurilma «Fleshka» savdo do‘konlari rastalarida 2,6 mln so‘mdan sotilmoqda.
Savdo xodimlaridan birining qayd etishicha, bunday narxlarning o‘zgarishiga, smartfonning taklif doirasida o‘sishi sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Samsung Galaxy S6 Barselonada Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasida vaqtida namoyish qilgandi.
Smartfon ko‘rsatish qobiliyati 2560×1440 nuqtaga ega bo‘lgan, Gorilla Glass 4 himoyalovchi oynasi bilan qoplangan, 5,1-dyuymli Super AMOLED displeyi, 2,1 GGs chastotali to‘rtta Cortex-A57 yadrosi va takt chastotasi 1,5 GGs bo‘lgan to‘rtta Cortex-A53 yadrosiga ega bo‘lgan 64-bitli Exynos 7420 chipi o‘rnatilgan. Smartfonning 3 Gb tezkor xotira ega. UFS 2.0 tipidagi 32/64/128 Gbayt xotirali turlari mavjud. Smartfon fotosuratlarni olish uchun f/1,9 li diafragmali va tasvirni optik barqarorlashtiruvchi qurilma bilan jihozlangan 16-Megapikselli orqa va 5 Megapikselli old kameraga ega.
Galaxy S6 smartfonlari tez quvvatlanish (elektr manbaiga 10 daqiqaga ulab qo‘yish smartfonning 4 soat ishlashiga imkon beradi) hamda2550 mA•s akkumulyatorlarni simsiz quvvatlash imkoni bilan ta’minlangan.
Manba:kun.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5127 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Samsung Galaxy S6
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное