Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

2017 yilda sizni nima kutyapti?




Archa o`yinchoqlaridan birini tanlang-da, savolingizga javob toping.

1.    Sizni g`aroyib yil kutmoqda. O`zgarishlar, yangilanishlar... Umuman olganda, yil chiroyli o`tadi. To`g`ri, kichik muammolar ham ta`qib qilishi mumkin. Ammo sizdek uddaburon ayol uchun ular nima degan gap?! Uddalaysiz!

 2.   Yil romantikaga to`la bo`ladi. Kutilmagan uchrashuvlar, dil izhorlari, oilali bo`lsangiz juftingizning sizga nisbatan mehr-muhabbati ortgandan ortadiki, teringizga sig`may ketasiz.

3.    Yangi yil omad qurshovida o`tishi kutilmoqda. Muhimi, oldingizga aniq va kerakli maqsadlarni qo`ying. Kelayotgan yilda mehnatingiz rag`batini ko`rasiz.

4.    Tabiatan jiddiy inson bo`lsangiz ham bu yil quvnoqlikdan qocholmaysiz. Do`stlar bilan uchrashib, vaqtni xush o`tkazish uchun kutilmagan sabablar chiqib kelaveradi, ammo bunga qarshilik qila ko`rmang, aksincha zavqlanishga harakat qiling.

5.    2017 yil siz uchun xotirjamlik yili. Xech qanday yugur-yugur, xech qanday yoqimsiz, kutilmagan voqealar bo`lmaydi. Hammasi o`z o`rni bilan, galma-galdan, siz istaganday yuz beradi. Bu yilda siz rosmana dam olasiz.

6.    Kelayotgan yilda baxt sizning ajralmas hamrohingizga aylanadi. Xech qanday to`siqlar sizning baxtli bo`lishingizga to`sqinlikk qila olmaydi. Bundan tashqari siz o`z optimistligingiz bilan atrofdagilarni quvontirasiz, kuchga to`ldirasiz.

7.    Saxiy yil sizni quchoq ochib kutmoqda. Hayotdan norizo bo`lishga sabab yo`qligini tushunib etasiz. Ishlaringiz yurishib, anchadan beri o`ylab yurgan rejalaringiz amalga oshadi.

8.    Yil siz uchun tushunarsiz bo`lishi mumkin. Mantiqqa to`g`ri kelmaydigan xodisalar yuz beradi. Ammo siz buning sababini topishga urinmang, shunchaki chetdan kuzating.

9.    Bu yil sizga ko`p va`dalar bermoqda. Unchalik harakat qilmagan ishlaringizning ham omadi keladi. Shunday insonlar bilan uchrashib tanishasizki, natijada ular bilan qalin do`stlashsiz.

10.  Sizni unutilmas yil kutmoqda. Har bir kunda qiziqarli voqea-hodisa ro`y berishi mumkin. Yilning ikkinchi yarmida sayohatga chiqishingiz ham ehtimoldan holi emas.

11.  Sabrli bo`ling, deya kelayotgan yilda ancha-muncha o`zgarishlar bo`lishi kutilayotganini aytmoqchimiz. Zinhor tushkunlikka tushmang. Har qanday voqeadan to`g`ri xulosa chiqaring. Yil oxiriga kelib, sal engillashasiz.

12.  Chin ma`noda himmatli yil kutilmoqda. O`z orzularingizni amalga oshirish uchun pulingizni ayamang. Lekin ehtiyot bo`ling, barcha orzular ro`yobi har doim ham baxt keltirmaydi.

13.    2017 yil siz uchun sir-sinoatlarga boy bo`ladi. Xatto, siz xaqiqiy skeptik bo`lsangiz ham, bu yilda shunday sirli hodisa yuz beradiki, siz bunga ilmiy javob topolmaysiz. Siz xuddi ertakdagi ajdarhoni enggan qahramonga aylanasiz.

14.  Unumli yil bo`lishi kutilmoqda. Yoddan ko`tarilgan rejalar ham to`satdan o`z natijasini bera boshlaydi. Bu yil huddi osmondan yog`ilganday barcha ishlaringizda baraka bo`ladi.

15.  Ideal insonni izlamang, deyishsa-da, bu safar salgina o`zgartirish qilamiz. Chunki boshlanayotgan yil haqiqatan ham juda hayrli keladi. Qaysi ishga qo`l urmang, amalga oshadi. Sizning vazifangiz esa hayotda shu ritmni doimiy saqlab qolishdir.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 13184 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yangi 2017-Yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Bunyod77 Yooogee zooruuu :o :p %)
Like | 0
NuR_KR B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное