Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

2020 yil 21 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

21 yanvar kuni o'zingizda bilimga chanqoqlik seza boshlaysiz. Maktabdagi o'quvchilik yillaringizga qaytishni istaysiz. Ammo buning imkoni yo'q. Endi ishingiz bilan bog'liq yangi axborotlardan ko'proq voqif bo'lishingiz kerak. Moliya masalasida qandaydir katta bir ishga pul tikishingiz kerak bo'lishi mumkin. Lekin bundan oldin obdon o'ylab, hisob-kitob qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Qarzga botgan bo'lsangiz, bugun qarz berganlar so'rab kelib qolishi kutilmoqda. Ammo qaerdan olasiz pulni? Ilgari kimlarnidir moddiy tarafdan qo'llab yuborgan bo'lsangiz, o'shalarga murojaat etishga majbursiz. Shaxsiy hayotni yanada farovonlashtirish uchun qilinadigan barcha amallar muvaffaqiyatli yakun topadi. Oilasiz bo'lsangiz, romantik tanishuv sizga baxtni kafolatlaydi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

21 yanvarda tadbirkorlar raqobatchilari bilan muloqotda nihoyatda ehtiyot bo'lishlari lozim. Ular siz o'ylaganchalik g'aflatda qolib ketmagan. Tashabbusni o'z qo'lingizga oling-u, harakatni boshlang. Tajovuzkorlik qila ko'rmang. Bu katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Bugun ijodiy ishlar, g'oyalar sizga faqat pozitivlik hadya etadi. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishni bajarishda bor imkoniyatlardan ustalik bilan foydalaning.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun kun siz uchun kuchli bosim ostida o'tishi mumkin. Ammo oxiri baxayr bo'ladi. Martabangiz yuqoriga qarab ko'tarila boshlaydi. Moddiy ahvolingiz asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, yaxshilana boradi. Agar boshqa kunga qoldirmasangiz, ro'zg'ordagi muammolar ham muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Yaqin qarindoshlardan sir yashirmang. Neki ish bo'lsa, ular bilan bamaslahat amalga oshiring. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

21 yanvar kuni rejalashtirilgan barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Jamoangizda muhit yoqimsizroq bo'lsa ham baribir siz oldingi o'rinlarda bo'lasiz. Professional yordamiga muhtoj do'stlaringizga bajonidil yordam berishingiz tavsiya qilinadi. Bugun meditatsiya, yoga va bel qismingizni uqalash orqali davolash amallari omadli kechadi. Xastalik ustingizdan hukmronlik qilishiga yo'l qo'ymang. Darhol vrach qabuliga shoshiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun hamkasblar bilan ochiqchasiga muloqotlar tashkil etishga moyil bo'lasiz. Lekin biling. Bu ahvolda hamkasblar yaxshi-yomon gaplaringizni rahbariyatga yetkazishi mumkin. Shuning uchun gap gapirishda tilingizga juda ehtiyot bo'ling. Ayrim hamkasblaringiz yo'lingizga to'g'anoq bo'lishga urinib ko'radi. Bunga yo'l qo'ymang. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvga chiqishadi. Oilalilar esa asosiy muammolarni kechqurun ijobiy hal etishadi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

21 yanvarda tadbirkorlar raqobatchilar bilan kurashlarda yolg'iz qolib ketmaslik uchun yaqin hamkorlar bilan puxta reja tuzgan holda harakatlar sodir etsinlar. Busiz raqobatchilar sizni va moddiy ahvolingizni chil-parchin qiladi. Ayollar va qizlar uchun bugun tashqi qiyofasiga e'tibor qaratish amallari xayrli kechadi. Kechqurun yoqimli xaridlarni amalga oshiring. Yaqinlaringizga sovg'alar hadya eting.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji ostida tavallud topganlar qilayotgan ishi juda qiziqarli ekaniga yana bir bor guvoh bo'lishadi. Faqat bu ishda nimalarnidir o'zgartirishga harakat qilmang. Lavozimingiz hozir qanday bo'lsa, shuning o'zini saqlab qolish payida bo'ling. Ayrimlar kun davomida favqulodda safarga otlanishi, xaridlarni amalga oshirishi, ish yuzasidan kelishuvlarga erishishi kutiladi. Shaxsiy biznesingizga ega bo'lsangiz, hujjatlar masalasida xatoga yo'l qo'ymang. Bu sizga juda qimmatga tushishi mumkin.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

21 yanvar kuningiz haqiqiy bayramdek kechadi. Sovg'alar, xursandchiliklarning keti bo'lmasligi mumkin. Lekin Qorbobo kelmaydi. Uning o'rnini o'zingiz bosishingiz lozim bo'ladi. Kutilmaganda xastalikka chalinmaslik uchun organizmingiz talabiga quloq tuting. Ovqatlanish rejimi, me'yorlariga qat'iy amal qiling. Imkon topsangiz, xasta qarindoshlar holidan xabar oling. Savobga ega bo'ling. Omadingizni bersin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun shunday bir yoqimli xabar yetkazishadiki, raqs tushib yuboray deysiz. Shu xabar kelgusidagi ishlaringiz rivoji, moddiy ahvolingiz mustahkam tortishi bilan bog'liq bo'ladi. Muhabbatda ehtiros deganining barchasi sizda mujassamdek. Lekin juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarda ehtiroslarni chetga sura turing. Tuyg'ularga erk bermang. Tafakkurga suyaning. Aqlingizga quloq tuting.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

21 yanvarda mehnat yoki o'qish ta'tiliga chiqib, qaergadir dam olish uchun jo'nab ketishingiz tavsiya etiladi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi hamkorlar bilan yangi kelishuvlarga erishishi mumkin. Ijod kishilari ham miyasiga kelgan g'oyalarni qisqa fursatda haqiqatga aylantirishadi. Muhabbatda oila qurmaganlar ovchi qiyofasiga kirishlari lozim. Ana shundagina ezgu maqsadlarga yetasiz.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Ijobiy natijalar, muvaffaqiyatlar tezroq yuz ko'rsatishi uchun ularni o'zingiz majburan yaqinlashtirishingiz kerak. Chunki ular olisda emas. Shundoq qarshingizda turibdi. Siz e'tiborsizlik qilyapsiz xolos. Yolg'izmisiz? O'zingizga yoqqan odamni uchratdingizmi? Unda tashabbusni qo'lga oling. Moliya masalasida bir qator chigalliklar paydo bo'lishi kutilmoqda. Sergak turing.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi



Manba:Hordiq.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2382 | Рейтинг: 0| Рейтинг: va'da qilarkin, 2020 yil, Yulduzlar, 21 yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное