Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

20-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi


20-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 1—3, kunduzi 10—12 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 8—10 darajagacha, kunduzi 0—2 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23—25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab 0—5, ayrim joylarda 8—10 darajagacha sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17—22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23—28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0—5, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17—22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23—28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2578 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomg‘ir, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное