Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertadan yomg‘irli kunlar boshlanadi...


Bu yilgi iliq haroratli kuz faslining so‘nggi haftasida harorat biroz pasayishi kutilmoqda. Shuningdek, ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga, 25 noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 16–18 daraja, kechasi 7–9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Shamol sekundiga 15–20 metr tezlikda esadi. Harorat kunduzi hamda kechasi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi Buxoro hamda Samarqandda 5–10 daraja, Navoiyda 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 13–18 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 15–20 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 18 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6271 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomg‘ir, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное