Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

24 oktabr ertaga Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Shu kunlarda O‘zbekistonda iliq harorat hukmronlik qilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, ertaga ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

24 oktabr, seshanba kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Ertalab kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 20–22 daraja, kechasi 8–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi sekundiga 12–17 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Harorat kunduzi 12–17 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi sekundiga 12–17 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati kunduzi +18...+23 daraja, kechasi +5...+10 daraja.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 18–23 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Nurafshon shahrida ertaga ertalab kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3040 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, yomg‘ir, ob-havo, 24 oktabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное