Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 28-yanvar kuni yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

28-yanvar,
payshanba kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi axborot berdi.
28-yanvarga o‘tar kechasi Ustyurtda -13 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, shuningdek, Navoiy viloyatining shimolida -10 darajagacha, tog‘li hududlarda -5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Bundan tashqari, 28-yanvarga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 0…+5 daraja, Toshkent shahrida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +7 darajagacha, Navoiy, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +8 darajagacha iliq bo‘ladi.
28-yanvar kuni kunduzi Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, Navoiy viloyatining tog‘li hududlarida -5…0 daraja sovuq bo‘ladi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati +2…+10 daraja iliq oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Mamlakatning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida qor yog‘ishi mumkin, Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi, Toshkent shahrida esa yomg‘ir kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘ishi kutiladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2263 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Toshkent, qorga aylanishi mumkin, yomg‘ir, 28-yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Wox009 TO'G'RI EKAN RAXMAT ADMIN
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное