Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda liftdagi nosozlik tufayli 12 yoshli bola halok bo‘ldi
1-sentabr, dushanba kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida liftdagi nosozlik tufayli 12 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi a’zolari xabar bermoqda.
Guruhga marhum bolakayning qarindoshi post yozgan. Unga ko‘ra, bolakay birinchi qavatga tushgan va ikkita eshigidan bittasi ochilgan liftga chiqqan. U lift ichiga to‘liq kirib ulgurmasdan, lift tepaga yurib ketgan.
“U ajoyib bola edi. Ahmoqona va bema’ni sabablarga ko‘ra vafot etgani qanchalik achinarli va ayanchli! Bugun u maktabga borishi kerak edi…”, — deya qayd etdi foydalanuvchi.
Guruh a’zosi o‘z qayg‘usini bo‘lishish bilan birgalikda, nosoz liftlardan foydalanmaslik, uy-joy shirkatlari, liftchilar va boshqa mas’ullardan liftlarni tuzatishni doimiy ravishda talab qilishga da’vat etdi.
“Lift murakkab mexanizmdir. Unga nisbatan ko‘rilgan yarim-yorti choralar baxtsiz hodisalarga olib keladi!” — deb yozdi foydalanuvchi.
Postga bildirilgan fikrlarda guruh a’zolari muallifga va bolakayning ota-onasiga hamdardlik izhor etgan. Shu bilan birgalikda ularning ko‘pchiligi fojia uchun javobgarlikni uy-joy shirkati o‘z bo‘yniga olishi kerakligini ta’kidlagan. “Ular o‘z vaqtida nosozlikni bartaraf etish uchun ustalarni chaqirishi kerak edi”, — deb yozadi ulardan biri.
Ba’zilar esa bu uchun hech kim javobgarlikka tortilmasligini, endi buning ahamiyatsiz ham ekanligini qayd etgan.
Yana bir foydalanuvchi esa guruh a’zolari bilan birlashib, bolaning o‘limiga sababchi bo‘lganlarni jazoga tortish tashabbusini ilgari surdi. “Ota-onasining ko‘ngliga hozir bu narsa sig‘maydi, lekin, kelinglar, biz bunga yordam beramiz”, — deb yozadi u.
Izohlardan birida esa marhumning qarindoshiga tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilishni maslahat berishgan.
Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8608 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Lift
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
boyvo44abola juda yomon ish bobti Alloxim ozi jonini jannatdan qilsin. lekin liftni nega buzuq xolda ishlatishganligini aniqlashsin. xamma liftlar nazoratda bolishi kereku. U bolakay nima bolganini xam bilmay qolgandir raxmatli oxirati obod bolsin!
Like | 0
Mikki Bandalik joyi jannatdan bulsin ota onasiga sabr bersin.Ogohlik davr talabi extiyot buliw k.k
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное