Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi "Fleshka" texnomarkazi ikkinchi marta ko‘chiriladi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Fleshka” texnomarkazi (sobiq “Malika” fabrikasi)dagi savdo do‘konlari yangi joyga ko‘chiriladi.
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining UZ24 ga ma’lum qilishicha, hozirda texnomarkazni boshqa joyga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Texnomarkazning ko‘chirilishi aholi va haydovchilarning noroziliklariga sabab bo‘layotgan mazkur majmua atrofida yuzaga keluvchi tirbandliklar bilan bog‘liqdir.
Boshqarma majmuaning aynan qaerga va qachon ko‘chirilishi haqida ma’lum qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Fleshka” texnomarkazi 2011 yilda Navoiy ko‘chasidan hozirgi joyga ko‘chirilgan edi. Sobiq hududda ayni paytda zamonaviy turar joy binolari qad rostlagan.
Shuningdek, o‘tgan yilning boshida tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, majmua Chorsudagi “Toshkent” savdo markaziga ko‘chirilishi mumkinligi aytilgan edi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5157 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Fleshka, Malika
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное