Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

27-oktabr kuni butun O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati biroz ko‘tarilishi kutilmoqda





O‘zbekiston bo‘yicha 27-oktabr kuni faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 27-oktabrga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -5…0 daraja, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -3…+2 daraja, Toshkent shahrida +2…+4 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1…+6 daraja, qolgan barcha hududlarda +7 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Payshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +5…+10 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +10…+15 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +15…+20 daraja, qolgan barcha hududlarda +18 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 27-oktabrga o‘tar kechasi va 27-oktabr kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin, Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3535 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo oktabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное