Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 23-oktabrga o‘tar kechasi havo harorati -1 darajagacha soviydi





O‘zbekistonda 23-oktabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 23-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -8…-3 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -3…+2 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida -2…+3 daraja, Toshkent shahrida -1…+1 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1…+6 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Yakshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati -2…+3 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2…+7 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +7…+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +10…+15 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2812 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo oktabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное