Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 22-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanishi mumkin




22-oktabr, shanba kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi, qariyb butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 22-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -8…-3 daraja sovuq, Toshkent shahrida 0…+2 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0…+5 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1…+6 daraja, qolgan barcha hududlarda -2…+3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Shanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati -2…+3 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +4…+9 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +7…+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +8…+13 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +5…+10 darajagacha iliq bo‘ladi.
 
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarida tuman tushishi kutilmoqda. Toshkent shahrida 22-oktabrga o‘tar kechasiva 22-oktabr kuni tongda yomg‘ir yog‘ishi, so‘ng qorga aylanishi ehtimoli bor.
 
Bundan tashqari, mamlakatning tog‘li hududlarida, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2982 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo oktabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное