Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

27 yanvarda havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda 13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3376 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qor, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное