Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

9 dekabr ob-havosi: mamlakat bo‘ylab qor yog‘ishi mumkin


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 9 dekabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi.

Toshkent shahrida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 8-10 daraja, kechasi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kunduzi 3 darajagacha, kechasi 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi hamda kunduzi 5 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yomg‘ir, qor yog‘ish ehtimoli mavjud. Harorat kunduzi 5-10 daraja, kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 12-17 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5-10 daraja, kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3284 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное