Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

3 oktabr kuni O‘zMUda qayta imtihon bo‘ladi(mi)?


Ayrimlar o‘ziga foydasi bo‘lmasa ham davlat tashkilotlari nomidan xatlarni tayyorlab, aholi orasida tarqatmoqda. Kimlardir bunga ishonmoqda, kimdir esa yolg‘on xabar ekanini aytmoqda...

Telegram messenjerida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov imzosi bilan O‘zbekiston Milliy universitetining Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish test imtihonlari qayta o‘tkazilishi haqidagi xat surati tarqalgan edi.

Suratda xatning chiqarilgan sanasi va tartib raqami aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, Sotsiologiya yo‘nalishiga “tanlangan abiturientlar” o‘qishga kirgani bilan bog‘liq dalillar asosida 1 avgustdagi test imtihonlari natijalarini bekor qilish va 3 oktabr kuni qayta imtihon o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.

Davlat test markazidagi manbaa xatning soxta ekanini tasdiqladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bog‘langanimizda, Farhod Babashevning raqamini berishdi, bu kishi vazirlikning matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritadi.

Uning fikricha, Telegram’da tarqatilgan surat soxta, kimlardir shunga o‘xshash xatlarni tayyorlab tarqatgan.

Endi mulohaza qilib ko‘radigan bo‘lsak, DTM va vazirlik rasmiylarini bezovta qilishning hojati yo‘q edi. Shu suratni ko‘rgan odam quyidagilarni o‘ylab ko‘rganida nima chin-u nima soxta ekanini anglar edi.

Birinchidan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirinining o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov moliyaviy masalalarga javob beradi. Uning o‘quv jarayoni bilan deyarli aloqasi yo‘q.

Ikkinchidan, Davlat test markazi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari hech qachon DTM boshlig‘iga vazifa yuklay olmaydi. Vazirlikning buyrug‘i faqat vazirlik doirasida amal qiladi.

Uchinchidan, kirish test imtihonlarini qayta o‘tkazish bo‘yicha choralar DTM vakolatiga kiradigan masala. Agar imtihonlarda shubhali holat asoslangan bo‘lganida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri nomidan Davlat komissiyasi raisiga taklif sifatida yuborilishi kerak edi.

To‘rtinchidan, DTM test o‘tkazsa, ushbu harajatlarni qoplash vazir o‘rinbosarining qaysi cho‘ntagidan amalga oshiriladi? U nimaga asoslanib bunday “buyruq” beradi?

Beshinchidan, davlat boshqaruvi tizimida yakkahokimlik tamoyiliga asosan buyruq chiqarish vakolati vazirlarga tegishli, vazir o‘rinbosarlarida bunday vakolatlar cheklangan.

Oltinchidan, talabalar “tanlangan” deyilganda, jinoyatga sha’ma qilinmoqda. DTM test sinovlari orqali saralagan talabalarni qayta imtihon qilish kimga kerak?

Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga surishtiruv va tergovni olib borish vakolati qachondan berildi?

Xullas, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “qayta imtihon” xabarlari soxta bo‘lishi kerak.

Bu maktab-kollejda yetarlicha bilim ololmay, test sinovlaridan o‘tolmagan, shu bilan birga o‘z xatosini tan olmagan ayrim “alamzada” abiturientlarning uydirmalaridan o‘zga narsa bo‘lmasligi ham mumkin.

Yana kim biladi deysiz...

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8792 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aks etgan serial, Muhabbat, Sevgi Iztirobi, beshavqat, go‘zal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
farhod8483 hama gap pulga borip taqalyapdiku porahorlar qayta imtihon qiliwsin uwa uqiwga kirganlar yana qayta imtihondan utiwsinch kuramiz
Like | 0
Madina Ahmedova пишет: | 10.09.2017 | 18:11 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует og"zi qishu bo'sayam boyi bolasi gaprsn dgan gap toppa toride.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное