Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

68 ball to‘plab talaba bo‘lish mumkinmi? Vazirlik javob beradi


5 mayda «2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limmuassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qaror e’lon qilindi. Shundan so‘ng oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish istagida yurgan abituriyentlar orasida turli shov-shuvli gaplar tarqadi. Emishki, test imtihonlarida «yiqilgan», ammo 68 dan yuqori ball to‘plagan abituriyent agar kontrakt pulining oshirilgan miqdorini to‘lashga rozi bo‘lsa, talabalar safiga qo‘shiladi...
Bu gaplar nechog‘li asosli ekaniga oydinlik kiritish maqsadida «Oila davrasida» gazetasi muxbiri Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining Kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Barno Rajabovdan intervyu oldi.
— Prezidentimizning 2017 yil 5 mayda imzolagan qarorida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan,respublikaning olis va borish qiyin hududlari uchun mutaxassislarga bo‘lgan o‘rinli ehtiyojni qondirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini belgilash kabi vazifalar keltirilgan. Bu o‘sha hududdan o‘qishga kirishuchun kelgan abituriyentga OO‘Yu tomonidan biror bir imtiyoz ajratilishini anglatadimi? Abituriyent kerakli ballni to‘play olmasa ham, o‘z hududiga borib ishlash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadimi?
— Maqsadli qabul asosan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun rejalashtirilgan. Ular shu yildan boshlab, maqsadli qabulni amalga oshiradi. Maqsadli qabul bu — muayyan oliy ta’lim muassasasiga Prezidentimizning 2017 yil 5 mayda imzolagan qarorida belgilangan viloyatlarga davlat granti bo‘yicha ajratilgan kvotalarni nazarda tutadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan kelib chiqib, viloyatlardan kelgan abituriyentlarni Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Mazkur tanlovda ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilganlarga belgilangan viloyatda va joyda ishlab berish sharti qo‘yiladi.
Aslida buni imtiyoz deyish biroz noto‘g‘ri. Chunki bu tartib-qoida o‘sha hududlardagi tibbiyot xodimlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni qondirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Maqsadli qabul orqali o‘qishga kirgan abituriyent oliygohni bitirgach, o‘z hududida Davlat komissiyasining alohida qarori bilan belgilanadigan va shartnomada ko‘rsatilgan muddatda, masalan, uch-besh yilgacha ishlab beradi. Bordi-yu, u shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha ishlashdan bosh tortsa, yuborilgan joyda ishlashni istamasa, buning sabablari o‘rganilib, shartnomada belgilangan tartibda ish ko‘riladi.
— Qarorda to‘lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul o‘tish ballini to‘play olmagan abituriyentlarga to‘plagan balliga muvofiq (68 balldan kam bo‘lmagan) ketma-ketlik tartibi qat’iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini to‘lay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshirilishi belgilangan. Deylik, abituriyent imtihonda 68 ball to‘plab, o‘qishga kira olmadi. Ro‘yxatda esa o‘zidan yuqorida turgan «yiqilgan» abituriyentlar qabul qilinib, qabul kvotasi o‘rni to‘ldi. Shunday holda abituriyent o‘z yo‘nalishi bo‘yicha boshqa oliygohga ehtiyoji bor. Oshirilgan narxdagi kontraktni to‘lab, tahsil olsa bo‘ladimi?
— Milliy armiyamiz safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, qo‘mondonlikning tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlardan tashqari, qolgan barcha faqat bitta oliy ta’lim muassasasida tanlovda ishtirok etish imkoniga ega. Qo‘shimcha talabalar qabul qilish uchun 68 dan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Faqat bu bo‘yicha natija e’lon qilingach, ballar ketma-ketligida qabul qilinadi.
Bunda, birinchi galda, abituriyentning to‘lov kontrakt pulining oshirilgan miqdorda to‘lash imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq.
— OTMga to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish joriy etilmoqda. Uning summasi odatiy kontraktdan qancha farq qiladi?
— To‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish fuqarolarning murojaatlari asosida joriy etildi. Negaki, hozirgi kunda oliy ma’lumotli bo‘lish istagidagi fuqarolar soni yildan-yilga oshib boryapti. Uning hozirgi to‘lov-kontrakt pulidan oshirilgan summasi Davlat komissiyasining alohida qarori bilan belgilanadi va yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Bu bo‘yicha Davlat komissiyasi ish olib bormoqda. Abituriyentlar va ota-onalar bu borada hozirgi kunda bo‘layotgan har xil mish-mishlarga ishonmasligi kerak.
— To‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishda bir institutga (bir yo‘nalishga) belgilangan me’yordan tashqari, yana nechta abituriyent qabul qilinadi? Ular soni cheklanganmi?
— Albatta, cheklangan. Bu har bir oliygohning imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, institutning fizika yo‘nalishiga nechta qo‘shimcha talaba olish mumkinligini o‘sha institut rahbariyati o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda davlat komissiyasiga murojaat qiladi. Shu murojaat asosida davlat komissiyasi uning sonini belgilaydi.
— Ijodiy imtihoni ham bor oliygohlardagi ijodiy imtihonlarda maksimal 75,6 ball to‘plash mumkin. Shuni inobatga olsak, ularni o‘qishga qabul qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
— Bu juda oddiy. Ya’ni, abituriyent umumiy to‘plagan ballining miqdoriga ko‘ra belgilanadi. Uning ijodiy imtihondan olgan balli ham albatta, inobatga olinadi. Agar abituriyent o‘zi tanlagan oliygohga kirish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, test natijalari bilan ijodiy ballini qo‘shganda yuqori ball to‘playdi.
— Harbiy xizmatda olgan tavsiyanomaga ega abituriyentlarni qabul qilish jarayoni-chi?
— Ularda har yilgidan ko‘ra, biroz o‘zgarish bo‘ldi. Bu yil oliygohlarga kirish imtihonlarida qatnashishni istagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarida olgan umumiy ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shib beriladi. Demak, bunday abituriyent qancha ko‘p yoki kam ball to‘plasa, shuning yarmi miqdorida qo‘shimcha ball oladi.
Shu bilan bir qatorda, bunday abituriyentlarda o‘z arizasida ikkita oliygohni ko‘rsatish imkoniyati ham saqlanib qoldi. Agar imtihon topshirgan institutiga to‘plagan balli yetmasa, qo‘shimcha oliygohga o‘z yo‘nalishi bor bo‘lsa va mos kelsa, o‘sha Oliy ta’lim muassasasida ham tanlovda ishtirok etishi mumkin.
— E’tibor bersak, OTMga kirish istagidagi abituriyentlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bu yilgi qabul kvotasi ham shunga mos ravishda ko‘paydi. Ammo bu yetarli deb o‘ylaysizmi? Aslida qabul kvotalari nimalar asosida belgilanadi?
— Kvota, asosan, korxona va tashkilotlardagi kadrlarga talab va ehtiyojga qarab belgilanadi. Boisi talaba o‘qishni bitirgach, o‘z sohasi bo‘yicha ish topa olishi zarur. Joriy yilda qo‘shimcha talabalar qabul qilishni yo‘lga qo‘yishda ham asosan, shu jihatlar e’tiborga olingan.
Bugun tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda yangi-yangi zavod va korxonalar qurib, ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Shunday ekan, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash kerak. Shuning uchun qo‘shimcha talabalar qabul qilish yo‘lga qo‘yilmoqda.


Manba:dia.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9086 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vazirlik, Oliy ta’lim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное