Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Klon-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ishq Jodusi - Call My Name
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Pazanda - Soundtrack
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Osiyo-Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu ma’lumotni uning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev “Sayyod.com” bilan suhbat ma’lum qilgan.
“31-dekabr ertalab 10:30 larda televideniyeda ishda bo‘lgan Abdumo‘minning tobi qochdi. Shifoxonaga olib ketildi. Yurak xuruji (infarkt) bo‘libdi. Uydagilari borganida hammasi yaxshi deya xotirjam qilib ketkazib yuborishgan. Biroq tongda mana shu mudhish xabardan voqif bo‘ldik. Bilasizmi, u shifoxonaga keta turib ham o‘z ishini o‘yladi ‘Yana bir jumlam bor edi, shuni yozib olsam’ degancha qoldi. Bunday fidoiy va o‘z ishini ustalari judayam kam, yurak xuruji bo‘lib turgan payti ham o‘z sog‘lig‘ini o‘ylamay, ishini o‘yladi”, — dedi Muslimbek Yo‘ldoshev.
Bugun, 1-yanvar kuni peshinda Bodomzor masjidida Abdumo‘min O‘tbosarovning janozasi o‘qildi.
So‘nggi bora Abdumo‘min O‘tbosarovni tomoshabinlar 31-dekabr kuni efirda Prezident tabrigini o‘qib eshittirganida oynai jahonda ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarovning to‘satdan olamdan o‘tgani 1-yanvar tongida ma’lum qilindi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7493 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yurak xuruji, Abdumo‘min O‘tbosarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
1157078layli Ilohim joylari jannatdan bolsin omin
Like | 0
shoxislom5758 Joylari jannatda bolsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное