Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Aeroportda narkokuryerlar qo‘lga olindi


Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi, “Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining kontrabandasi fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.


“Toshkent” xalqaro aeroportida xorijiy davlatga parvozi oldidan 4 nafar chet el fuqarosi — M.T., S.M., Ya.A. va N.N. bojxona nazoratidan o‘tishi chog‘ida ularning xatti-harakatlari va bezovtalanishi bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Avvaliga ularning qo‘l yuklari va egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirildi. Bir qarashda hammasi joyidadek.

Shundan so‘ng yo‘lovchilar aeroportdagi bojxona postiga o‘rnatilgan inson tana a’zolarini skanerlovchi Body scanning qurilmasi orqali ko‘zdan kechirildi. Ekrandagi tasvirlar shubhali tus oldi. Qurilma ushbu yo‘lovchilarning organizmida, aniqrog‘i, yo‘g‘on ichak kanallarida yot jismlar borligini ko‘rsatdi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida ushbu shaxslar belgilangan tartibda poytaxtdagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markaziga olib kelinib, shifokorlar tomonidan xolislar ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik natijasida 4 nafar yo‘lovchining ichki a’zolariga maxsus o‘ramlar yashirilganligi aniqlandi va chiqarib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 4 nafar narkokuryerning ichki a’zolarida yashirilgan jami 268 ta o‘ram ichida umumiy vazni 4 kilogramm 152,52 grammni tashkil etuvchi geroin giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postida ham yana bir narkokuryer qo‘lga olindi. M.M.ismli shaxsning ichki a’zolarida 67 dona ovalsimon shakldagi o‘ramlarda 1 kilogramm 42 grammdan ortiq opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, bojxonachilar “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali xorijga yo‘l olgan S.M.ning rejasini ham fosh etdi. Gap shundaki, ushbu shaxs ichki a’zolariga 35 dona ovalsimon shakldagi o‘ramlarda 544,75 grammdan ortiq geroin giyohvandlik vositasini yashirgan ekan. Shundan so‘ng unga mazkur giyohvandlik vositalarini yetkazib bergan jinoiy sherigi, xorijiy davlat fuqarosi Q.R.ham ushlandi.

Bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy og‘irligi 5 kilogramm 739 grammdan ortiqni tashkil etuvchi geroin hamda opiy giyohvandlik vositalarini ichiga yutgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan jami 7 nafar narkokuryer hamda mazkur jinoyatlarning asosiy tashkilotchilari bo‘lgan 3 nafar xorijiy davlat fuqarosi qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur aniqlangan barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlar qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1865 | Рейтинг: 0| Рейтинг: narkokuryer, ichki a’zolar, vositalar, aeroport, qo‘lga olindi, olib o‘tayotgan, giyohvandlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное