Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

"Ahmadboy" haqida kuylagan taniqli "yulduz" o‘g‘irlik qildi


Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz” ga xabar berishicha, joriy yilning 11 yanvar kuni Quyichirchiq tumanidagi Nayman mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib xonadonida o‘g‘irlik sodir bo‘lgani haqida xabr qilgan.

Toshkent viloyati IIB Tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgach, o‘g‘irlik sodir etilgan xonadondan 300 AQSh dollari, 100 ming so‘m, narxi 600 ming so‘mlik 1 dona tilla uzuk, narxi 200 ming so‘m bo‘lgan dur taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketilganini aniqlagan.

Voqeani o‘rganish jarayonida IIB xodimlari, o‘g‘irlik joriy yilning 11 yanvar kuni soat 11:30 dan 16:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, deraza oynasidan kirgan noma’lum shaxs tomonidan qilinganini aniqlaganlar.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Quyichirchiq Abay mahalla fuqarolar yig‘ini Nayman mahallasida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, o‘qimaydigan, ishlamaydigan lekin hammaga “Ahmadboy” akamni qo‘yvorilar yoki “Ahmad, shaxmat, otangga ming rahmat” tarzidagi qo‘shig‘u latifalari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur bo‘lgan Bektemir Rashidov sodir etganligi aniqlangan.

Tezkor harakatlar davomida “qahramon” qo‘lga olingan bo‘lib, hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7794 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное