Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Obid Asomov: “Ahmadboy”ning to‘yida xizmat qilgan san’atkorlarda nima ayb?

Xabaringiz bor, 30 iyun kuni O‘zMTRKning «O‘zbekiston», «Toshkent» va «Yoshlar» telekanallarida chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy xatti-harakatlari, u tashkil etgan va faoliyatiga chek qo‘yilgan moliyaviy piramida haqida «Ahmad vasvasasi» nomli batafsil hujjatli ko‘rsatuv efirga uzatilgan edi. Kecha esa suhbat yuzasidan biz bilan bog‘langan Obid Asomov “ushbu ko‘rsatuvda nega san’atkorlarning aralashtirganligiga  tushunmaganligi, Ahmadboyning yaxshi kunlarida xizmat qilgan ko‘plab san’atkorlar qolib, “chertib-chertib” Obid Asomovni tilga olishganiga hayron qolganligi”ni, aytdi. “Axir kasbimiz shu, bizni xizmatga aytib kelishsa, bormayman, deb turib olmaymiz-ku? Yaxshi kunlariga taklif qilib kelgan muxlislarni ko‘ksidan itarmaymiz-ku?!” - deydi qiziqchi. 
Biz bilan suhbatlashib bo‘lgach, qiziqchi o‘z fikrlarini instagramdagi sahifasi orqali shundayifodaladi:
“Kecha kechqurun xuddi yoz kunida qor yog‘gandek bo‘ldi! Bugun butun mamlakatimizda salomdan keyin bir savol" ko‘rdingmi?" Ha, yana Ahmadboy mashmashasi! Aslida bu ko‘rsatuvga munosabat bildirmasdim, lekin telefonim tutab ketdi! Butun dunyodan qo‘ng‘iroqlar! Men ham ko‘rdim shu ko‘rsatuvni, faqat ba’zi joylariga tushunmadim! Firibgar ushlanibdi, jinoyati fosh bo‘libdi, jazo olishi muqarrar lekin... Biz sanatkorlar nima qilib yuribmiz? Tushunmagan tomoshabin bizni ham hamtovoqqa chiqarib qo‘yyapti! Aybimiz tuyda xizmat qilganimizmi?
Avvalo, to‘y o‘tgan yili, yanglishmasam, noyabr oyida bo‘lgan edi! Menga “shunaqa bir boy yigit o‘zini farzandiga qo‘shib, “detdom”dan yetim bolalarni ham sunnat qilib beryapti”, deyishdi! Juda katta to‘yxona, kamida ikki ming kishi bo‘ldiyov! San’atkorlar juda ko‘p, “tv”ga tanlab-tanlab qo‘yishibdi! Tushunaman... Ahmadboyni o‘sha kuni tanidim!!
To‘yxonada har soha vakillari, kazo-kazolardan tortib, televidenie xodimlarigacha bor edi! Odam ko‘pligidan milisiya xodimlari tartibga sololmadi! Biz sanatkormiz, aytilgan joyga boramiz! “Biznesmen”mi, olimmi, hammolmi tanlanmaydi, hurmat qilib aytildi, uyog‘i tirikchilik!
Endi boshqa savol, xo‘p bu yigit qallob ekan, nega besh yil ko‘yib berishdi? Ko‘proq pul yig‘ilishini poylashdimi? Eng asosiysi pul bergan boylar yo‘lini topib ketar, oxirgi sigirini sotib topshirganlar nima qilarkin! Puli qaytib berilarmikan? Haqiqat qaror topishiga ishonaman! Shaxsan men hech narsani u yigitga topshirganim yo‘q!! Lekin o‘sha to‘ydan unutilmas voqea, to‘y oxirida o‘sha kuni kiygan yangi tufligimni kimdir ilib ketdi! Ahmadboy uyidan o‘zining tufligini olib chiqib berdi! Tufli uyda, mabodo kerak bo‘lsa!
Men yo‘qotgan tufligimga roziman! Alloh hammamizga insof bersin! Va nihoyat TV xodimlariga alohida rahmat, besh yil TVdan chiqmaganimni hissasini chiqarishdi, to‘rtta kanalda ketma ket ko‘rindim. Ramazon muborak!!”


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 18979 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Obid Asomov, Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi :o
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное