Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Obid Asomov AQShda Toshkent tramvayini xotirladi

Toshkent shahrida 106 yildan buyon harakatlanib kelayotgan tramvaylarning keyingi umriga nuqta qo‘yilgani haqida avval ham xabar bergan edik. Poytaxtda avtomobillar sonining keskin ortishi, yo‘llarda tirbandliklarning yuzaga kelishi va elektr toki orqali harakatlanadigan bu transport vositasiga talab kun sayin tushib borayotgani sababli “Tramvaylarga ehtiyoj qolmadi”, degan vaj bilan uning harakati butkul to‘xtatilgandi. Hozirga qadar Toshkent shahridagi mavjud tramvay yo‘llarini demontaj qilish, ularning olib tashlanishi natijasida avtomobil yo‘llarini kengaytirish, ayrim hududlarda esa obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  ishlari davom etmoqda.
 
So‘z ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov AQSh sayohatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Bir necha kun davomida San-Fransiskoda bo‘lgan qiziqchi, u yerdagi tramvayga chiqqanini ma’lum qilib, Toshkent tramvaylarini xotirladi.
 
“Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, deydilar. Toshkentdan shuncha yashab, 30 yildan beri tramvayga tushmagan edim. Endi xohlasam ham tusholmayman. Shuning uchun Amerikada bi-i-ir “kataysa” qilib qo‘ydim, armon bo‘lmasin deb”, deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov.
 
Qiziqchi Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali bugun O‘zbekistonga qaytishini ma’lum qilgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6007 | Рейтинг: 1| Рейтинг: AQSH, Obid Asomov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное