Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Moliyaviy piramida asoschisi Chinozlik Ahmadboy qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Chinoz halol chorva” va “Chinoz Avto Xamkor” korxonalari ta’sischisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bu haqda O‘zMTRKning “Toshkent”  telekanalida  bugun, 16 iyun soat 18:15 da va 20:15 da efirga uzatilgan tezkor tadbir tafsilotida ma’lum qilindi.
Ahmadjon Tursunboyev, shuningdek, foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan. “Hozirgi kunda Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan yoki pul olgan odamlar soni bir necha o‘n mingga yetgan”, — deyiladi ko‘rsatuvda.
Aniqlanishicha, Ahmadjon Tursunboyev aholidan avtomashina va qimmatbaho buyumlarni qonunga zid ravishda qabul qilib olgan, bu munosabatlarni huquqiy jihatdan hech qanday rasmiylashtirmay, “shunchaki o‘zining ish daftarlariga qayd etish bilan kifoyalangan”. Tursunboyevning qo‘lida g‘aznachi lavozimida ishlagan shaxslardan birining ma’lum qilishicha, noqonuniy faoliyatdan “kunlik pul aylanmasi 3—4 milliard so‘mni, AQSh dollarida 1 million atrofidagi summani tashkil etgan”.
Shunisi e’tiborliki, Tursunboyev odamlardan pul qabul qilayotganida hech qanday kafolat bermagan. Boz ustiga, agar o‘ziga biror kor-hol bo‘lsa, yaqin qarindoshlariga, farzandlariga hech qanday da’vo qilmaslik shartini qo‘ygan. Xo‘sh, u holda Tursunboyev qanday qilib odamlarning ishonchini qozongan? Ahmadjon Tursunboyev aholining pullarini bir yil muddatda ikki barobar oshig‘i bilan qaytarish va’dasi bilan qiziqtirgan va faoliyatining dastlabki paytlarida odamlarning kuchli ishonchiga kirgan.
Ahmadjon Tursunboyev odamlardan olgan pullarining bir qismini xorijiy davlatlardan turli tovar-moddiy boyliklar olib kelib sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ma’lum miqdordagi foyda evaziga qarzga berib kelgan. U shunday noqonuniy faoliyat bilan to‘rt-besh yillardan beri shug‘ullangan.  
Noqonuniy ravishda odamlardan olgan pullar evaziga Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomashinalar sotib olgan, Chinoz tumani hududidagi katta yer maydonida chorvachilik xo‘jaligini tashkil qilgan, o‘z turar joylarida juda katta miqdordagi xorijiy va milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari va qimmatbaho boyliklarni to‘plagan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Ahmadjon Tursunboyev va uning yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga qarashli korxonalarda aytib o‘tilgan tartibda o‘zlashtirilgan 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar borligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
 Ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 18811 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Moliyaviy piramida, asoschisi, Chinozlik, Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Ahmadjon-4548 Boplapti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное