Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ajrashgan Ayoldan har bir oilali ayol eshitishi kerak bo‘lgan 10 maslahat

Har bir ayol turmush qurar ekan, avvalo baxtli bo‘lish,ko‘z ochib ko‘rgan turmush o‘rtog‘i bilan farzandlar kamolini ko‘rish haqida orzu qiladi. Biroq, hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ikki inson bir necha yillar mobaynida bir yostiqqa bosh qo‘yib, bir-birini bilmasligi, tushunmasligi va kun kelib boshqa-boshqa yo‘llardan hayotlarini davom ettirishlari ham mumkin. Quyida turli sabablarga ko‘ra, oilasi bilan ajrashgan ayol oilali ayollarga nikohni saqlab qolish va tinch-farovon turmush qurish borasidagi maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.
Eringizni hurmat qiling
E’tibor bering, men eringiz chin ma’noda hurmatga sazovor paytidagina uni hurmat qiling, demayapman. Erkak kishi har doim rafiqasining hurmatiga, qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi. Faqat hurmatga munosib kishinigina hurmat qilish kerak, degan fikr noto‘g‘ri. Eringiz hamma boshqalar qatori oddiy inson ekanligini unutmang. To‘g‘ri, u ba’zida xato qiladi, qoqiladi. Bu degani—uni behurmat qilish kerak degani emas. 
Maslahatimga amal qiling, shunda siz ijobiy natijalarni qo‘lga kiritasiz. Sizning hurmatingiz turmush o‘rtog‘ingizni qanchalik ruhlantirganiga o‘zingiz amin bo‘lasiz.
Boriga qanoat qilishga o‘rganing!
Balki sizning eringiz dugonangiznikidek mashina olib bera olmas. Uning topishi ham o‘sha qimmatbaho kiyimlar kiyib yuradigan qo‘shni ayolning erinikidan kamroqdir. Balki, eringiz siz qachonlardir orzu qilgan yoki atrofingizdagilar sizning qulog‘ingizga quyganidek kelishgan va ko‘rkam emasdir. Biroq, u sizga uylangan va ozmi-ko‘pmi sizni baxtli qilish uchun ishlayapti, mehnat qilyapti. Turmush o‘rtog‘ingizning mana shu harakatining o‘ziyoq uning hurmatga sazovor inson ekanligini anglatadi. Boriga qanoat qiling. Shukr qilishni o‘rganing. O‘z hayotingizni boshqalarniki bilan solishtirmang, o‘z hayotingiz bilan yashang. 
Xudo,er, farzandlar—hayotingizdagi asosiy tartib
Bilaman, hozirgi kunda bu fikr biroz qadrini yo‘qotgandek. Ayniqsa ayollar o‘rtasida. Ammo so‘zlarimni diqqat bilan tinglang. Din mening hayotimda asosiy o‘rin egallaydi. Ammo siz e’tiqod qiladigan dindan qat’iy nazar turmush o‘rtog‘ingiz farzandlaringizdan ustun bo‘lishi kerak. Ammo hech bir haqiqiy erkak o‘zini deb farzandlaringizni tashlab qo‘yishingizga imkon bermaydi. Buni ham yodda tuting. Lekin turmush o‘rtog‘ingiz hayotingizda asosiy o‘rinda tursin. Farzandlaringiz kun kelib, o‘qishga ketishadi, turmush qurib, alohida yashash uchun sizning uyingizni tark etishadi. Turmush o‘rtog‘ingiz esa sizning bir umrlik do‘stingiz, hamrohingiz. Unga bo‘lgan tuyg‘ularingizni yangilab, sayqallab turmasangiz, kun kelib uning uchun zerikarli insonga aylanib qolishingiz mumkin.   
Kechirimli bo‘ling
Hech kim mukammal emas. Biz hammamiz xato qilamiz. Agar kechirimlilik sizning o‘zingizga xos odatingizga aylansa, qalbingizdagi nafrat ulg‘aymaydi. Masalan, turmush o‘rtog‘ingiz kiyimlarini betartib ravishda to‘zg‘itib ketdi, deylik. Sizga uning bu odati yoqmaydi. Biroq, siz unga buni bildirmang. Uning maishiy hayotdagi kichik xatolaridan tortib, sizningcha kechirib bo‘lmas darajadagi xatolarni ham kechiring. Shunda ikkingiz uchun ham yaxshi bo‘ladi. 
U bilan ko‘proq suhbatlashing
Bilasizmi, men turmush o‘rtog‘imga qalbimdagi kechinmalar haqida deyarli gapirmasdim. Bu mening yomon odatim edi. Men ko‘pchilik ayollarga o‘xshab fikrlardim: nima sababdan jahlim chiqayotganini u o‘zi bilishi shartdek edi. Bu esa imkonsiz va mantiqsiz harakat. Erkaklar biz ayollardek fikrlamaydi, ular o‘zlarini beparvo tutayotganini har doim ham anglayvermaydi. Qalbingizdagi kechinmalar, o‘y-fikrlaringiz haqida unga ayting. 
U bilan tez-tez uchrashuvlarga chiqing
Bu gap ko‘p eshitganingizdan siyqasi chiqqandir, balki. Ammo bu juda muhim. Hech qachon u bilan uchrashuvlarga chiqishni kanda qilmang. Restoranda kechki ovqatni tanovvul qilish yoki kinoga borishga imkoningiz bo‘lmasa, shunchaki birgalikda sayr qiling. Ammo, har kuni faqat ikkingiz yolg‘iz qolib, so‘zlashing,bir-biringizdan vaqtingizni ayamang. Suhbatda imkon qadar oila byudjeti, bolalarning kun tartibi haqida emas, balki kelajakdagi rejalar haqida gaplashing. Shunda siz bir-biringizning hali ochilmagan qirralaringizni kashf etasiz.  
Hech qachon unga ajrashish bilan tahdid qilmang!
Arzimagan sabablarga ko‘ra aytishib, arazlashib qolganingizda ajrashish haqida o‘ylamang. Turmush o‘rtog‘ingizga ajrashish bilan tahdid qilmang! Men mana shu odatimdan ko‘p pand yeganman. Bundan keyingi hayotimda aynan mana shu xatoimni takrorlamaslikka harakat qilaman. Men erimdan xafa bo‘lganimda har safar uni ham ko‘proq xafa qilishga harakat qilardim. Biroq bu harakatim o‘zimni yaxshi his etish imkonini bermagan.
Uning o‘ziga xos “muhabbat tili” ni o‘rganing!
Har birimizda faqat o‘zimizga xos bo‘lgan sevgi tili bor. Siz uni qanday qabul qilishingiz, eringiz sizni qanday qabul iqlishidan biroz farq qiladi. Unga ko‘proq nima yoqadi? Sizning ruhiy qo‘llab-quvvatlashingizmi, yoki u moddiy sovg‘alarni xush ko‘radimi? Uning o‘ziga xos muhabbat tili qanday bo‘9lsa, u bilan shu tilda suhbatlashing. 
Hech qachon u haqda yomon so‘zlarni so‘zlamang
Agar eringiz bilan munosabatlaringiz xavas qilgudek bo‘lmasa, yaxshisi oilaviy psixologga murojaat qiling. Bu ikkingizning o‘rtangizdagi muammoni hal etishning eng yaxshi usuli.  Onangiz, opa-singillaringiz yoki dugonangiz har doim ham sizga to‘g‘ri maslahat bera olmaydi. Buni yodda tuting! Yaqinlaringiz muammoning faqat bir tomondangina bilishadi va ko‘pincha noxolis maslahatlar berishadi. Shuning uchun ham onangiz, opa-singlingiz yoki dugonangizga hech qachon eringizni yomonlamang! 
Uni seving
Hayotda ba’zan turmush o‘rtog‘ingiz sizni sevmay qo‘ygandek tuyuladi. Biroq, siz shunday bo‘lsa ham uni sevib, ardoqlashda davom eting. Hatto eringizni yoqtirmay qolgandek tuyulsangiz ham, uni sevishda davom eting. Esingizdami, qachonlardir bir-biringizni sevib,bir umr birga baxtli yashash maqsadida turmush qurgandingiz. Hammada ham qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklar bo‘ladi. Bu o‘tkinchi. Uni sevishda davom eting.  


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9129 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ajrashish, Ayol, maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное