Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qirolicha - Stakan Version
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Akmal Saidov: “Islom Karimov Konstitutsiyani yetti marta tahrir qilgan”


Odatda har bir davlat o‘zining Konstitutsiyasiga va shu asosda o‘z konstitutsiyaviy tuzumiga ega bo‘ladi. Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” Sharq sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. Amir Temur tuzuklari fiqh qoidalari bilan bir qatorda, Osiyo qit’asi, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishining murakkab va muhim hamda tarixiy solnomasiga nazar solinsa, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq izlanishlari mantiqiy natijasi ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Konstitutsiya “poydevori”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan.
 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, zamonaviy O‘zbekistonning tarixi – bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir. Buyuk Yo‘lboshchimiz haqli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘liq javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi edi.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Men o‘sha davrda hukumatning Til muammolarini o‘rganish ishchi guruhi a’zosi sifatida Islom Karimovning 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonning birinchi rahbari sifatida ish boshlashi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi bo‘lganman.
 
1989 yil 21 oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, matbuotda e’lon qilindi. Qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagicha mustahkamlandi: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi bilan bog‘liq. Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim tarixiy voqea 1990 yilning 24 martida yuz berdi. Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan ancha oldin, o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Sovetning birinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti lavozimini joriy etish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu sessiyada Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.
 
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi. Sobiq ittifoq respublikalari orasida birinchi bo‘lib mamlakatimizda Prezidentlik lavozimi ta’sis etilgani buning yaqqol tasdig‘idir. Prezidentlik institutining joriy etilishi O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligiga erishish yo‘lida chinakam siyosiy va ma’naviy jasorat namunasidir.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam – Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining tashkil etilishidir. Prezidentlik institutini joriy etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sessiyada tasdiqlangan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasida Konstitutsion nazorat komitetining tuzilishi ham nazarda tutilgan edi. Bunda deputatlar tomonidan ushbu oliy davlat organining Prezidentlik hokimiyatini muvozanatga keltirib turuvchi o‘ziga xos huquqiy vosita vazifasini bajarishiga alohida urg‘u berildi. Shu tariqa bugun amalda bo‘lgan yana bir konstitutsiyaviy institut – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga istiqlol arafasidayoq asos solindi.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam – davlat ramzlarining qabul qilinishi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini yaratishdir.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, Prezident lavozimining ta’sis etilishi, davlat nomining e’lon qilinishi, rasmiy davlat ramzlari – Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining qabul qilinishi, o‘z valyutasi, poytaxti, tili, hududi, fuqaroligi, umumxalq bayramlariga ega bo‘lish dunyo xaritasida yangi davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligining ifodasidir.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – Mustaqillik deklaratsiyasining e’lon qilinishidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan Mustaqillik deklaratsiyasining 8-bandida O‘zbekiston “o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi”, degan qoida mustahkamlangan. Deklaratsiyaning 12-bandida ushbu hujjat respublikaning “yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos” bo‘lishi qayd etilgan.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam – Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan ikki yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste’dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo‘ldi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bu haqda shunday dedi: “Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg‘in tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o‘ta og‘ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug‘aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi”.
 
Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lidagi navbatdagi huquqiy qadam – Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 31 avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqidagi: “Men shu bugundan e’tiboran 1 sentyabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami, deb e’lon qilishni taklif etaman”, degan so‘zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan manguga yozilgan.
 
Xuddi o‘sha kuni Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonot qabul qildi. Bayonotda ta’kidlandiki, “Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb e’tirof etiladi”. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
 
1991 yil 29 dekabrda birinchi umumxalq Prezident saylovi va davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum o‘tkazildi. Xalqimiz davlat mustaqilligini qo‘llab ovoz berdi va muqobillik asosida o‘z Prezidentini sayladi.
 
1992 yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ana shu saylov va referendum yakunlariga bag‘ishlangan to‘qqizinchi sessiyasi ochildi. Ushbu sessiyada Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishish tantanali marosimi bo‘ldi.
 
Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 8 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilishga qaror qildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentabr kuni tayyor bo‘ldi va shu kuni matbuotda chop etildi. Loyiha e’lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu ochiq-oshkora muhokamalar fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko‘tarinkiligi ruhida o‘tdi.
 
Konstitutsiya loyihasi o‘tkazilgan muhokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida tuzatildi va qayta ishlandi. 1992 yil 21 noyabr kuni umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda e’lon qilindi.
 
Shunday qilib, huquqiy pretsedent – ikki bosqichli umumxalq muhokamasi yuz berdi. Ushbu holat, bir tomondan, muhokama ishtirokchilarini faollashtirish uchun qudratli rag‘bat vazifasini bajargan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Asosiy qonunimizning xalqchilligini ta’minladi. Konstitutsiya loyihasi keng jamoatchilik ekspertizasidan o‘tdi.
 
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil 6 dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Birinchi Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani “xalqchil qomus” deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o‘tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganini, sayqal topganini ta’kidladi.
 
Islom Karimov Konstitutsiya loyihasini birinchi marotaba e’lon qilinguncha to‘rt marta, keyingi e’lon qilingunicha ikki marta, hujjatni sessiyaga kiritishdan oldin yana bir marta tahrir qildi. Bu tuzatishlar va qo‘shimchalarning hammasi juda muhim edi.
 
Islom Karimov Konstitutsiya loyihasini ayollar va erkaklarning teng huquqliligi, davlatning madaniy yodgorliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilishi haqidagi moddalar bilan to‘ldirishni taklif qildi. Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaning inson va fuqarolar erkinliklari va burchlarini qonuniy mustahkamlovchi moddalariga katta e’tibor qaratdi. Shu tariqa Konstitutsiya loyihasi Yurtboshimiz tomonidan yetti marta tekshirib chiqilganidan keyingina so‘nggi muhokama uchun deputatlarga taqdim etildi.
 
Islom Karimov Konstitutsiyaviy komissiya raisi sifatida sessiyada ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasidagi ko‘plab muhim normalar, jumladan, “O‘zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo‘lib, davlat xalqning irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi”, “Davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldirlar”, shuningdek, “Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”, degan mazmundagi qoidalar chuqur sharhlab berildi.
 
Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o‘zgartirishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tom ma’noda yangi Konstitutsiya bo‘lib, jahonning rivojlangan davlatlarida qaror topgan demokratik konstitutsiyalar prinsiplariga asoslangan. Asosiy qonunimiz bevosita izchil demokratik ekanligi, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati tamoyillariga muvofiqligi tufayli yangi konstitutsiyaviy tuzumga o‘tish davrining murakkab sharoitlarida konstitutsiyaviy qonunchilik va huquqiy maydon doirasida tub demokratik o‘zgarishlarni o‘tkazishni ta’minlagan asosiy huquqiy hujjat bo‘ldi.
 
Ayni chog‘da mamlakatimizni keng miqyosda demokratik yangilash va erkinlashtirish yo‘lida biz qo‘ygan izchil qadamlar hamda erishgan marralar, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi dunyo, shuningdek, o‘z oldimizdagi buyuk maqsadimiz – istiqbolda rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, o‘z navbatida, o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida oldimizga ulkan vazifalarni qo‘yayotganini o‘zimizga aniq-ravshan tasavvur etamiz.
 
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Konstitutsiya normalari davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishining yuridik mezonlarini belgilab bermoqda. Konstitutsiyamiz davlat siyosiy va huquqiy hayotining ko‘zgusidir. Amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar “konstitutsiyaviy ko‘zgu”da aks etmoqda.
 
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayonlari, shuningdek, Asosiy qonunimizning 25 yildan buyon amalda namoyon etayotgan samaralari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari g‘oyatda to‘g‘ri va asosli ekanini yaqqol tasdiqlaydi.
 
Konstitutsiya – suveren davlatimizning huquqiy asosini shakllantirishning mustahkam poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal toshi bo‘ldi. Bugun hayotning o‘zi, mamlakatimiz erishayotgan yuksak marralar Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan, xalqimizning orzu-umidlari, bugungi va kelajak manfaatlariga javob beradigan qoida va prinsiplar naqadar to‘g‘ri ekanini isbotlab bermoqda.
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3501 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Islom Karimov, Akmal Saidov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное