Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 29 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, amaldagi Prezidenti Islom Karimov 90,39 foiz ovoz (17,127 milliondan ortiq saylovchi ovoz bergan) bilan keyingi besh yil muddatga O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishichA, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovda nomzodlar Akmal Saidov 3,08 foiz, Hotamjon Ketmonov 2,92 foiz, Narimon Umarov esa 2,05 foiz ovoz to‘pladi.
Saylov byulletenlarining 1,5 foizi haqiqiy emas deb topilgan.
Ma’lumot uchun
O‘zbekistonda ilk Prezident saylovi 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan bo‘lib, unda Xalq-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Islom Karimov 87,1 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan; saylovdagi ikkinchi nomzod – “Erk” demokratik partiyasidan Muhammad Solih 12,5 foiz ovoz to‘plagan.
2000 yil 9 yanvarda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Prezident saylovida davlat rahbari o‘rni uchun amaldagi Prezident Islom Karimov (“Fidokorlar” partiyasidan) va faysaluf Abdulxafiz Jalolov (Xalq-demokratik partiyasi) bellashgan. Saylovda Islom Karimov 95,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan, Jalolov saylovchilarning 4,3 foiz ovozini to‘plagan.
2007 yil 23 dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi Prezident saylovida O‘zLiDePdan nomzod sifatida ishtirok etgan Islom Karimov 90,76 foiz ovoz bilan ikkinchi marta yetti yillik muddatga saylangan. Boshqa nomzodlar – O‘zXDPdan Asliddin Rustamov, “Adolat” SDPdan Dilorom Toshmuhamedova va mustaqil nomzod Akmal Saidov mos ravishda 3,27, 3,03 va 2,94 foizdan ovozni qo‘lga kiritgan.
Manba:kun.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 14136 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Islom Karimov, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, saylov, O‘zbekiston Prezidenti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
mahliyo4979 Umri uzoq bolsin prezidentimiz Islom Karimovni.. Uzimizni prezidentdan yaxshisi yoo yawasiiin yawela xaqeqiy prezidentga sodiq xalqimiz yawela..
Like | 0
Guli пишет: | 31.03.2015 | 10:23 #2 Страница с комментарием
guli101192 Men bundan hursand boldim ko'nglim sezivdi ozi
Like | 0
Mikki EEEE ZUR UZIMIZMI PREZDENTIMIZ BUGANLARI XURSANMIZ UMRLARI UZOQ BULSIN ILOHIM.... ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное