Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qaqnus - Mal De music
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topishi rasman ma’lum qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13-maydagi farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yaratilishi belgilandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, universitetni tashkil etish bilan bog‘liq qaror o‘zbek tili va adabiyotini, uning tarixiy ildizlarini va globallashuv sharoitlaridagi rivojlanish istiqbollarini chuqur tadqiq etish, o‘zbek tili va adabiyotini ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarida o‘qitish, shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini o‘stirish ehtiyojlari bilan bog‘liqdir.
Yangi oliygoh Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida tashkil etilmoqda.
Universitet tarkibida uchta fakultet bo‘ladi: O‘zbek filologiyasi, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, O‘zbek-ingliz tarjimasi. Bundan tashqari, oliygoh huzurida o‘zbek tili va adabiyoti Ilmiy-tadqiqot instituti ishlaydi.
Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi ham yangi universitet tarkibiga kirib, uning asosida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi tashkil etiladi.
Oliygoh filologlar, ilmiy-pedagogik kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar yetishtirib beradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritadi, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va o‘quv-metodik materiallar tayyorlab beradi.
Universitetga qabul 2016/2017-o‘quv yilidan boshlanadi.
Oliy o‘quv yurti binosi qarshisida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali o‘rnatiladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5043 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Islom Karimov, O‘zbek tili va adabiyoti universite, O‘zbekiston Prezidenti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное