Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Alisher Usmonov Hindiston bozoriga investisiyalar hajmini ko‘paytirmoqda

Rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida o‘zining investision rejalari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, u Xitoyga kiritayotgan sarmoyalarini kamaytirmaydi va shu bilan birga Hindiston aktivlariga investisiya hajmini oshiradi. 
“Bizning Xitoy aktivlariga investisiyalarimizni shartli ravishda strategik va moliyaviyga bo‘lish mumkin. Misol uchun, biz smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi yaratilayotganda unga katta investisiyalar qilganmiz. Hozirda bu kompaniya Xitoyda 1-raqamli ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Yana bitta kompaniya – JD.com savdo internet-maydoni. Biz bu kompaniyaga ham jiddiy investisiyalar qilganmiz. Ular bir necha barobarga ko‘paydi. Mana shular bizning strategik investisiyalarimizdir”, deb aytmoqda Usmonov.
Tadbirkor xitoy va hind investisiyalarining muvaffaqiyatiga ishonishini aytdi.
“Alibaba internet-riteyler bu moliyaviy investisiyadir, chunki biz bu kompaniyadan katta darajada chiqqanmiz. Biz dastlabki sarmoyalarimizni 5-6 marta ko‘paytirib oldik. Shu bilan birga biz hind bozoriga sinov investisiyalarini kiritmoqdamiz. Biz bu bozor va iqtisodiyotlarning o‘sishiga ishonamiz. Ishonchim komilki, bu loyihalarimizda bizni  muvaffaqiyat kutmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Usmonov.

 


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3676 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hindiston bozori, Alisher Usmonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное