Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Alisher Usmonovning boyligi bir yilda 1,5 milliard dollarga kamaydi

2015 yilning 28 dekabr holatiga ko‘ra, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning boyligi 1,5 milliard dollarga kamayib, jami 12 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index hisobotida so‘z ketadi.
Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, dunyoning 400 nafar eng badavlat insoni ro‘yxatidan o‘rin olgan 19 nafar rossiyalik milliarderning daromadlari poyoniga yetayotgan yilda jami bo‘lib 8 milliard dollarga qisqargan. Ushbu ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan 1,6 milliardlik yo‘qotish bilan yilni yakunlayotgan “Roenova” direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg o‘rin olgan. Uning boyligi 12,6 milliardni tashkil etib, dunyo reytingida 69-o‘rinni band etdi.
Ikkinchi bo‘lib esa dunyo badavlatlari ro‘yxatining 80-pog‘onasini egallagan 62 yoshli Alisher Usmonov tilga olingan.
2015 yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi 400 millarderning daromadlari 19 millard dollarga kamaygan. Nashrning qayd etishicha, indeks tuzib kelinayotgan so‘nggi uch yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Eng ko‘p yo‘qotish esa meksikalik telekommunikatsiya magnati Karlos Slimga tegishli bo‘ldi.
2013 yil may oyida dunyoning eng boy insoni bo‘lgan milliarderning mablag‘lari 2015 yil oxirigacha 20 millard dollarga kamayib, 53 millard dollarni tashkil etdi. Bunga uning asosiy aktivlari joylashtirilgan America Movil SAB kompaniyasi daromadlarining 25 foizga kamaygani sabab bo‘ldi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5176 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Alisher Usmonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное