Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Alisher Uzoqov o‘zining “Kuzda gullagan daraxt” filmini taqdim etdi

Taniqli aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov o‘zining uzoq davom etgan ijodiy tanaffusidan so‘ng kinosevar muxlislar uchun yangi filmini taqdim etdi, deb xabar beradi “iLife.uz”.
26-fevral kuni Toshkentning Royal Cinema kinoteatrida mazkur “Kuzda gullagan daraxt” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Charos va Doniyorning alamli iztiroblardan holi bo‘lmagan sof va baxtli muhabbat qissasi haqida hikoya qiluvchi mazkur kinokartinada kutilmaganda tomoshabin vujudini jumbushga keltiruvchi sahnalarning mavjudligi uning muvaffaqiyati uchun xizmat qilgan.
Chin muhabbat, sadoqat, odamiylik tuyg‘ulari, inson hayotining jamiki moddiyatlardan ustun turishi haqiqatini yorituvchi ushbu film Alisher Uzoqov ssenariysi asosida postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Dilshod Nuriddinov tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Ra’no Shodiyeva, Ziyoda Hudoyqulova, Alisher Uzoqov; rollarni Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullayev va Ra’no Yarasheva ijro etgan.
Drama janrida yaratilgan “Kuzda gullagan daraxt” filmining premyeraoldi namoyishida film ijodkorlari, el suygan san’at va madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.
Filmni 27-fevraldan O‘zbekiston kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11481 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Alisher Uzoqov, film, Kuzda Gullagan Daraxt
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
ananasa super. udacha vam
Like | 0
khaitboi17 qachon YouTube ga chiqadikan
Like | 0
5913435 Alisher Uzoqovga omad, zor aktyor, hudo hohlasa shu kinoni koraman
Like | 0
Begzodjon Aliwer Uzoqov parnikchimi kuzda gullagan darax
Aliwer raxmat nu terma jamoadgilani xam kinoga jalb qseiz zora iqtidordgi yowla fudboli kotarsa szdaqa boyvocala yotvomasdan
Like | 0
begim4155 qani korelici qande ciqibdi ekan
Like | 0
Zolushki123 Zorku nihoyat alisher uzoqovni ham kinoda koramizakanda kutib qolamiz rijisyorlar va aktyorlarga omad tilab qolamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное