Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Alisher Uzoqov o‘zining saratonga chalingani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi

So‘nggi vaqtlarda aktyor va rejissyor Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlar qo‘shni mamlakatlardagi o‘zbekistonliklarning ham qulog‘iga borib yetdi, deb yozadi «Qalampir.uz». Mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun nashr aktyor Alisher Uzoqov bilan bog‘langan.
"Shukrki, tirikman! "Muxlislar Alisher Uzoqov saraton kasaliga chalingan", degan gaplarga ham yo vafot etibdi degan mish-mishlarga ham ishonmasin. Sog‘lig‘imdan hech qanday shikoyatim yo‘q. Odamlarni bilasiz-ku, ko‘rmasdan, bilmasdan turib yangi gaplarni o‘ylab topadi. Shu kunlarda yangi film ustida ish boshlaganman. Ayni vaqtda o‘z uyimda ssenariy yozib o‘tiribman", deydi Alisher Uzoqov.
Nashrning qayd etishicha, aktyor haqidagi turli mish-mishlarning tarqalishiga uning ikki yildan buyon TV orqali ko‘rinmay qolgani sabab bo‘lgan. Uzoqov so‘ngi bor 2015 yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan rejissyor Yolqin To‘ychievning "Hayotda" nomli filmida suratga tushgan edi.
2015 yilning oktabr oyida Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumgani haqida ham yolg‘on xabarlar tarqalgandi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5007 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Alisher Uzoqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное