Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Anvar qori Tursunov vafot etdi


Minor" jome masjidi imom-xatibi - Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov joriy yil aprel oyi boshlarida insult xastaligini boshdan kechirib, shifoxonada davolanayotgani, komaga tushgani, keyin ahvoli biroz yaxshilangani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 13 iyun - Muborak Ramazon oyining 28 kunida Anvar qori Tursunov vafot etdi. U 59 yoshda edi.

Ma’lumot o‘rnida, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Yashnobod tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

1966-1976 yillarda Yashnobod tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.

 

1981 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent Islom institutini tamomlagan.

 

1981-1984 yy. – “Yoshlik” jurnalida muharrir;

 

1984-1987 yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida ilmiy xodim;

 

1987-1989 yy. – Toshkent shahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi;

 

1989-1994 yy. – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazida Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir

 

1994-1999 yy. – Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi;

 

1999-2015 yy. – Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi;

 

2015 yildan – Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritdi.

 

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Anvar qori Tursunovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.



Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 11941 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vafot etdi, Anvar qori Tursunov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
slada Olloxim raxmatiga olgan bo`lsin :'( Joylari jannatdan bo`lsin ha
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное