Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Apple 7-sentabr kuni iPhone 14 ni taqdim etadi


Amerikaning Apple korporatsiyasi 7-sentabrdagi taqdimotida iPhone 14 smartfonlarining yangi model liniyasini taqdim qilmoqchi, sotuvlar boshlanishi 16-sentabrga belgilangan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Apple ko‘rsatilgan sanani tasdiqlamagan, biroq an’anaga ko‘ra, yangi iPhone modellari taqdimoti sentabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, aqlli soatlar, iPad va Mac kompyuterlarining yangi modellari taqdimoti bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo agentlik ta’kidlaganidek, ayrim mahsulotlar keyinroq alohida tadbirlarda taqdim etilishi mumkin.

Kutilganidek, yangi iPhone liniyasida 5,4 dyuymli ekranli model bo‘lmaydi. Buning o‘rniga avval faqat Pro versiyalarida bo‘lgan 6,7 dyuymli ekranli asosiy model paydo bo‘ladi.

Pro seriyali modellarda old kamera qoladi, lekin old panelda u qadar ko‘p joy bo‘lmaydi. Kamera imkoniyatlari ham yaxshilanadi. Pro modeli ham yangi, tezroq protsessorga ega bo‘ladi.

Avvalroq Sony kompaniyasi iPhone uchun yangi geympad taqdim etgani haqida xabar berilgandi.



Manba:daryo.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 621 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone, 7-sentabr, etadi, kuni, taqdim, ni, Apple, 14
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное