Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Ayg‘oqchi kampir 007” fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007” fevral oyining to‘rtinchi  haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Fevralning to‘rtinchi  haftasida kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 007” dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Bebahoginam”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Voy dod 2” hamda “Sevadi, sevmaydi” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Gazini bos, Jamshid”,  “Sevgi sotilmas”, “Zulmat”, “Firibgar oshiq” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

20-fevral — 26-fevral oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya )

Rejissor – Ulug‘bek Yunusov

2-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama)

Rejissor — Ozod Shams

3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)

Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov

4-o‘rin. “Voy dod 2” (komediya)

Rejissor — Ozod Shams

 5-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)

Rejissor — Ozod Shams


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3504 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: reyting, Ayg‘oqchi kampir 007
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 uhti men bu reytingni kutmovdim lekin
Like | 0
NuR_KR Voybuuu B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное