Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Klon-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Choli Qushi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bahriddin Zuhriddinovning konsert dasturi haqida batafsil

Kuz fasli san’at olamida konsertlar, kinopremeralar, turli tadbirlar mavsumi hisoblanadi. “Istiqlol” san’at saroyi deyarli har kuni odamlar bilan gavjum. Xonandalarimiz birin – ketin o‘zlarining yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Ana shunday ijodkorlardan biri xushovoz xonanda Bahriddin Zuhriddinov ham mavsumdan unumli foydalangan holda ilk yakkaxon konsert dasturini xalqimiz hukmiga havola qildi. Ma’lumki, Bahriddin Zuhriddinov 1, 2 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkaziladigan “Jo‘shqin qalbim sadosi” nomli ilk yakkaxon konsertiga katta tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Mazkur dasturining ilk kuni mana bugun muvafaqqiyatli o‘tdi.

Xonanda ilk konsert dasturi bo‘lishiga qaramay, barchani e’tiborini torta oldi. Uchta asosiy blokdan iborat bo‘lgan dastur hazulomuz qo‘shiqlar bilan boshlandi. So‘ng ketma-ket jiddiy va bugungi kundagi dolzarb mavzular mujassamlashtirilgan taronalarini ijro etdi. Ota-ona, singil, sohta muhabbat, turli salbiy illatlar to‘g‘risidagi musiqiy asarlarni tinglab, tomoshabinlar biroz o‘yga tolishdi. O‘ylashga majbur qilgan Bahriddin Zuhriddinov sho‘x va raqsbop qo‘shiqlari bilan yaxshi kayfiyat ham ulashdi. Jahongir Poziljonov bilan kuylangan “Hadicha” taronasidan so‘ng tomoshabinlar ancha jonlandi.

Konsertga tashrif buyurganlar miriqib dam olishdi, raqsga tushishdi. “Comedy Uz” rezidentlari esa o‘zlarining qiziqarli chiqishlari bilan barchaga tabassum ulashishdi. Ayniqsa “O‘zgartirilgan savollar” loyihasi hech kimni befarq qoldirmadi. Xonanda ota-onalarni madh etib kuylab, o‘z padari-buzrukvori va volidasiga gullar taqdim etdi. Shuningdek, qaynonasi, xonanda aytganidek uning ikkinchi onasi Hosila Rahimova bilan kuylagan kutilmagan dueti hammani lol qoldirdi. Qolaversa, Bahriddin Zuhriddinov chet tilida kuylangan qo‘shiqlarini ham taqdim etdi.

Sahna dekoratsiyasi ham maromiga yetkazib qurilgan. Chiroqlar raqsi bilan uyg‘unlashgan katta ekran, “Toshkent zebolari” raqs ansamblining turli chiqishlaridan tashrif buyurgan mehmonlar bahramand bo‘lishdi.

Bir so‘z bilan aytganda xonanda ilk imtihondan a’lo baholar bilan o‘tdi. Uning kelgusi ijodiy ishlariga ulkan parvozlar tilaymiz. Oldinda konsertning ikkinchi kuni ham bor. O‘ylaymizki, ikkinchi kuni ham a’la darajada o‘tadi.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4952 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haqida batafsil, konsert dasturi, Bahriddin Zuhriddinov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное